23:50 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
87630

Avstraliyada Artur laqabli mushuk oʻz joni evaziga bolalarni oʻta zaharli ilon hujumidan qutqardi - Tanaxva (Kvinslend) mahalliy veterinariya klinikasi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Avstraliyada Artur laqabli mushuk oʻz joni evaziga bolalarni sharqiy jigarrang ilondan qutqardi – bu ilon qitʼadagi eng zaharli ilonlardan biri hisoblanadi.

Bu haqda Tanaxva (Kvinslend) mahalliy veterinariya klinikasining Facebook'dagi akkauntida joylashtirilgan xabar orqali maʼlum boʻldi.

Hodisa uyning hovlisida sodir boʻldi. U yerda bolalar oʻynab yurishgan, ular oldida mushuk ham yotgan edi. Toʻsatdan ular yoniga ilon yaqinlashadi.

"Artur ilon ustiga sakrab, uni oʻldiradi. Bu bilan mushuk bolalarni himoya qildi. Afsuski, ilon uni chaqishga ulgurgan ekan", - deb aytishdi klinikada.

Shoshilinch ravishda ota-onalar bolalarni hovlidan olib ketib, mushuk hushidan ketganini sezmay qolishdi. Tez orada u oʻziga keldi.

Ertasi kuni ertalab Artur oʻrnidan turolmaydi. Uni zudlik bilan veterinariya klinikasiga olib borishadi, ammo muolajalar yordam bermadi.

Teglar:
ijtimoiy tarmoq, qiziqarli suratlar, internet, Hayvonot olami

Asosiy mavzular