11:31 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
185 0 0

Nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala ushbu lavozimni egallagan birinchi afrikalik va qora tanli ayol boʻldi.

TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. Butunjahon savdo tashkilotiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi. JST bosh kengashi shunday qarorni qabul qildi.

Nigeriyalik 66 yashar iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala ushbu lavozimni egallagan birinchi afrikalik va qora tanli ayol boʻldi.

U 1 mart sanasidan JST rahbari sifatida lavozimga kirishadi va tashkilotning yettinchi bosh direktoriga aylanadi. Ngozi Okondjo-Ivealaning bu lavozimdagi faoliyati 2025 yilning 31 avgustida yakunlanadi.

Eslatib oʻtish joizki, Amerikaning oldingi - Donald Tramp boshchiligidagi maʼmuriyati Ngozi Okonjo-Ivealaning tayinlanishiga qarshilik bildirib kelgan. AQShning sobiq prezidenti agar bu ayol tayinlanadigan boʻlsa, mamlakatni tashkilotdan chiqarish bilan qoʻrqitgan. Biroq Bayden jamoasi Okondjo-Iveala nomzodini qoʻllab quvvatlagan.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ushbu yuksak va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

Davlat rahbari oʻz maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning oʻrni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilishiga ishonch bildirdi.

Maktubda mamlakat tez fursatda JSTga aʼzo boʻlishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida taʼkidlangan.


 
 

Asosiy mavzular