Iqtisod

Hokimiyatlar qoshida tadbirkorlar uchun koʻp xizmatli markazlar ochiladi

© Pixabay / antonin77Shartnoma tuzish. Tadbirkorlik.
Shartnoma tuzish. Tadbirkorlik. - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu Yagona Oyna markazlarida Tadbirkorlar kerakli hujjat va ruxsatnomalarni olishlari mumkin.

 

TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. Tuman va shahar Hokimiyatlarida Oktyabr oyidan boshlab birinchi koʻp xizmatli  markazlar ishga tushadi, Gazeta.uz xabariga asosan.  

Zamonaviy markazlar tadbirkorlarni roʻyxatga olish muassasalari asosida tuziladi. Vazirlik, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarda hozir ishlayotgan Yagona Oyna markazlari yil oxirigacha yopiladi. Ushbu choralar Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan belgilangan.

Ushbu choralar tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish va ularni oydinlashtirishga qaratilgan. Ushbu yangi markazlarda tadbirkorlar kerakli hujjatlarning koʻpini rasmiylashtirishlari mumkin.

Koʻrsatiladigan xizmatlari orasida bino taʼmirlashga ruxsat olish, kommunal aloqalarni ulash, davlat roʻyxatidan oʻtish va ulgurji savdo litsenziyasi olish  kabilar bor. Bundan tashqari Yagona Oyna markazlarida tadbirkorlar uchun muhim boʻlgan yana bir necha hujjat va maʼlumotlarni bir joydan olish mumkin.

Vazirlik va boshqa tashkilotlar qoshida oldin amal qilgan Yagona Oyna tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish markazlari kelasi yilning 1 yanvaridan boshlab oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Undan tashqari ushbu tashkilotlarga Yagona Oyna xizmatiga murojaat qilgan tadbirkorlarni oʻz huzurlariga taklif qilish maʼn etiladi.

“Tadbirkorlarni roʻyxatga olish, litsenziya va boshqa ruxsatnomalar berishning qonun tomonidan belgilangan tartibiga oʻzgartirishlar kiritish va har xil byurokratik toʻsiqlar qoʻyib, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga xalal berish umuman taʼqiqlanadi”, — deyilgan qarorda.

Sarmoya va biznes - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Iqtisodiyot vaziri: Kichik biznes Oʻzbekiston iqtisodida hal qiluvchi rol uynaydi

Yangi Yagona Oyna markazlari Davlat Interaktiv xizmatlarining yagona portaliga va davlat muassasalari aro elektron aloqa tizimiga ulanadi.

Oktyabr oyida ushbu markazlar eksperimental tarzda Qoraqalpogʻiston va Toshkentda ishlay boshlaydi. Noyabr oʻrtalarida ularning soni yanada koʻpayadi.

“Yagona oyna” markazlarining qulayligi dunyoning koʻp mamlakatlarda tan olingan. Endi ushbu tizim Oʻzbekistonda ishlay boshlaydi. “Yagona oyna” tizimi tadbirkorlar va fuqarolar barcha kerakli xizmatlarni bir joydan olishga moʻljallangan.

RIA Novosti http://ria.ru/world/20151005/1296951883.html#ixzz3ngGOINt0

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala