Video

Obama: “Suriyadagi harbiy operatsiyalarimiz davom etadi”

AQSH prezidenti Barak Obama televideniye orqali oʻz xalqiga murojaat qilib hukumat tomonidan jahondagi terrorchilikning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Barak Obama, AQSH harbiylari dunyoning istalgan mamlakatida, terrorchilarga qarshi kurashni davom ettirishini aytdi. Birinchi navbatda, Suriya va Iroqdagi DAISH pozitsiyalariga aviazarbalar berishda davom ettirishini taʼkidladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Suriya Ittifoqchilar tomonidan oʻz harbiylari oʻldirilishiga qarshi norozilik bildirmoqda

“Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, Suriya va Iroq Qurolli kuchlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada faollashtiramiz", — dedi AQSH prezidenti oʻz chiqishi davomida.

Obamaning taʼkidlashicha, AQSH Turkiya bilan hamkorlikda Suriya va Turkiya oʻrtasidagi chegarani yopish ustida ish olib bormoqda. Bu bilan Suriyaga jangarilar oʻtishi va ularni moddiy tomondan taʼminlashga chek qoʻyilishiga ishonch bildirilmoqda.

"Amerika rahbarligi ostida Xalqaro Ittifoqchilar koalitsiyasi Suriyadagi urushni toʻxtatishning siyosiy yechimi ustida ish olib bormoqda. Bu nafaqat Suriya xalqi, balki ittifoqchilarimiz safidan oʻrin olgan har bir mamlakatga,  shuningdek Rossiyaga, har bir mamlakat xavfsizligiga dahl qilayotgan guruh — DAIShni yoʻq qilish uchun birlashish imkonini yaratadi”, — deb qoʻshimcha qildi Obama oʻz nutqida.

U shuni alohida taʼkidladiki, endilikda AQSH Iroq va Suriyada keng koʻlam olgan yangi urushga jalb qilinmasligi lozim. Bu urush, Obamaning aytishicha, minglab amerika harbiylarini halok qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala