Rossiya Saudiya Arabistoni va Eronni yarashtirishga tayyor

© AP Photo / Vahid SalemiSaudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi.
Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik.  Rossiya hukumati Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etish uchun hatto vositachi rolini ijro etishga tayyorligini ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Manba xabariga ko‘ra, Moskvani Tehron hamda Ar-Riyod bilan chindan ham iliq munosabatlar tutashtiradi. “Do‘st sifatida, mabodo shunga ehtiyoj bor ekan, shu ikki davlat o‘rtasida oldindan mavjud bo‘lgan va yana qayta yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun vositachi rolini ijro etishga tayyormiz”, ta’kidladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining amaldori.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Eronlik siyosatchi: Amerika Saudiya Arabistonini to‘xtatishi shart

Shanba kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi an-Nimrning qatl etilishi e’lon qilingach, Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi qarshisida hamda Eron shimoli-sharqida norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.

Yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr “Qirollik ichki ishlariga ochiqdan ochiq suqilgani, regionda dushmanchilik harakatlarini amalga oshirgani va Tehrondagi Qirollik elchixonasiga hujum uyushtirgani uchun” Eron bilan diplomatik aloqalar batamom uzilgani haqida e’lon qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0