Dunyoda

Siyosatshunos: Saudiya Arabistoni ahmoqgarchilikka yoʻl qoʻydi, lekin bu uning muammosi

© AP Photo / Vahid SalemiSaudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi.
Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosatshunos Yevgeniy Satanovskiyning aytishicha, eronliklar saudiyachilardan farqli oʻlaroq jang qilishni bilishadi.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Saudiya Arabistonida shiya targʻibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilishi Eronda yirik koʻlamda norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Saudiya Arabistoni bunga javoban “Qirollikning ichki ishlariga aralashgani uchun” Eron bilan diplomatik munosabatlarni batamom uzdi.

“Yaqin Sharq instituti” ilmiy markazi prezidenti Yevgeniy Satanovskiyning taʼkidlashicha, bu ikki mamlakat oʻrtasida yashirin urush boshlanganiga ancha boʻlgan. “Imomning qatl qilinishi – saudiyachilarning navbatdagi ahmoqgarchiligi, bundan ularning oʻzi zarar koʻradi”, — taʼkidladi siyosatshunos.

"Saudiyachilar Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani Eron islom respublikasi ustidan gʻalaba qozonishga olib kelmaydi. Eronliklar jangari xalq, ular saudiyachilardan farqli oʻlaroq, jang qilishni yaxshi bilishadi”, — hisoblaydi Satanovskiy.

Satanovskiy shuningdek, Saudovskaya Arabistoni Rossiyaga ittifoqchi emasligini ham eslatib oʻtdi. “Suriyadagi urush Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarni murakkablashtirdi. Ar-Riyod Bashar Asad hukumatiga qarshi urush eʼlon qilgan bosh homiylardan biri sifatida jang maydoniga chiqqan edi”

Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Saudiya Arabistoni va Eronni yarashtirishga tayyor

"Sauddiya Arabistoni bizga ittifoqdosh ham, doʻst ham emas. Chechenistondagi urushda, qolaversa Afgʻonistonda u bizga qarshi urush olib borgan. Shunday ekan, nimaga biz saudiyachilar uchun qaygʻurishimiz kerak”, — dedi Satanovskiy.

Eslatib oʻtamiz, shanba kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targʻibotchisi an-Nimrning qatl etilishi eʼlon qilingach, Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi qarshisida hamda Eron shimoli-sharqida norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala