Hodisalar

Seul Shimoliy Koreya chegarasida 24 kilometr masofagacha “baqira oladigan” karnaylarni oʻrnatdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishJanubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe.
Janubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe. - Sputnik Oʻzbekiston
Shimoliy Koreya chegarasida Seul tomonidan oʻrnatilgan karnaylaridan taralayotgan tashviqot eshittirishlar 24 kilometr masofagacha “taralib turadi”.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. Shimoliy Koreya chegarasida Seul tomonidan oʻrnatilgan ovoz karnaylaridan taralayotgan targʻibot eshittirishlarni 24 kilometr masofadan turib tinglash mumkin. Bunga javoban Shimoliy Koreya ham oʻz ovoz karnaylarini oʻrnatishga qaror qildi. Kamiga, Seulni targʻibot varaqalari bilan koʻmib tashlamoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Shimoliy Koreyada vodorod bombasi sinovdan oʻtkazilishi Janubiy Koreyani hushyor tortishga majbur qildi. KXDRning ushbu harakatiga qarshi Seul chegaraning oʻnlab nuqtalarida Pxenyanga qarshi tashviqot eshittirishlarini uzatuvchi ovoz karnaylarini oʻrnatdi. Bu haqda chorshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanida Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe xabar qildi.

"Hukumatimiz bundan buyogʻiga, oʻz fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash masadida, karnaylar ovozini kuchaytirsa-kuchaytiradiki, pasaytirmaydi. Toki Shimoliy Koreya ahliga haqiqat yetib borishi tarafdorimiz", — dedi Pak Kin Xe.

Janubiy Koreya prezidentining soʻzlariga qaraganda, "totalitar tuzumga qarshi eng ulkan kuch — bu haqiqat".

Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan oʻtkazilganligi haqida xabar qilmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan oʻtkazdi

Oʻtgan yilning avgust oyida Shimoliy Koreya Seul tomonidan oʻrnatilgan ovoz karnaylarini oʻq ochish orqali yoʻq qilishini aytib, poʻpisa qilganidan keyin ikkala tomon qiyinchiliklar bilan boʻlsa-da bu karnaylarni olib tashlashga kelishib olishgan edi. Ammo bu safar, Seul karnaylaridan taralayotgan tashviqotlarni “oʻchirib qoʻyish” maqsadida Shimoliy Koreya oʻz  ovoz karnaylarini oʻrnatishga qaror qildi. 

Ryonxap agentligi maʼlumotiga koʻra, chorshanba kuni Janubiy Koreya hududidan Shimoliy Koreya tomonidan uloqtirilgan 3300 ta tashviqot varaqalari topilgan. Varaqalarda Pxenyanga qarshi “ruhiy urush”ni bas qilishga chaqirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala