Janubiy Koreyada samolyotda to‘polon ko‘targan aviayo‘lovchi 41 ming $ jarima to‘laydi

© Sputnik / Vladimir SergeyevAeroport. Samolyot.
Aeroport. Samolyot. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parvoz davomida mast yo‘lovchi boshqa yo‘lovchiga jismoniy ziyon yetkazsa, uni 10 million von (8,2 ming $) miqdorida jarima kutmoqda.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. 19-yanvardan boshlab, Janubiy Koreyada havo kemalarida to‘polon ko‘tarishni xush ko‘radigan yo‘lovchilar uchun belgilanadigan jazo kuchaytiriladi, RIA Novosti, Janubiy Koreya Transport vazirligi Qaroriga muvofiq.

Qonunga ko‘ra, samolyot parvozi davomida uchuvchiga tahdid qiladigan yo‘lovchilarga besh yil qamoq jazosi yoki 50 million von (41 ming $) jarima belgilanishi mumkin. Bundan oldin, shu kabi holat uchun jarima hozirgidan 10 barobar kam belgilangan edi.

Agar, mast yo‘lovchi, boshqa yo‘lovchiga jismoniy zara yetkazsa, uni 10 million von (8,2 ming $) miqdorida jarima kutmoqda.

Samolyotda uchish va qo‘nish vaqtida suratga olish ta’qiqlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda, samolyot bortida mast yo‘lovchilar tomonidan to‘polon ko‘tarish holatlari tobora ortib bormoqda. Jumladan, bu kabi holatlar soni 2013-yilda — 203tani,  2014 yil — 354tani tashkil etgan bo‘sla, 2015-yilning  yanvaridan oktabrigacha bo‘lgan davrda 369 tani tashkil qilgan.

To‘polonlar orasida eng “shov-shuv”lisi, Korean Air Lines aviakompaniya raisining qizi bilan bog‘liq hodisadir. Qizgina samolyot bortiga chiqishi bilan nima uchun unga quritilgan yerong‘oq olib kelib berishmaganidan g‘azablanib, to‘polon ko‘targan. Ushbu mojaroni bartaraf etish uchun, “Seul — Nyu-York” reysi 20 daqiqaga kechiktirilgan edi. Havo kemasi bortida chekishga harakat qilgan qo‘shiqchi Kim Chan Xunning hatti-harakatlari ham katta mojaroga sabab bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0