Dunyoda

Siyosatshunos: Tojikiston rahbarining cheklanmagan marotaba saylanishi - hukumat ojizligidan dalolat

© Sputnik / StringerDushanbe shahri koʻrinishi. Tojikiston.
Dushanbe shahri koʻrinishi. Tojikiston. - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakat ichi va tashqarisida roʻy berayotgan jarayonlarni nazorat qilish uchun Tojikistonda kuch resursi yetishmaydi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidentining  cheklanmagan marotaba davlat rahbari etib saylanishi mamlakat oʻziga ishonmasligidan dalolat beradi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin, RIA Novosti xabari asosida.

Tojikiston parlamenti juma kuni mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritdi. Unga koʻra, endilikda Emomali Rahmon cheklanmagan marotaba mamlakat prezidenti etib saylanishi mumkin.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon cheklanmagan marta prezident etib saylanishi mumkin

"Bularning barchasi hukumatning oʻziga boʻlgan ishonchsizligidan dalolat beradi", — taʼkidladi ekspert RIA Novostiga.

Mutaxassis fikriga koʻra, Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar — Emomali Rahmonning “shuhratparastligi”dan dalolat emas. "Mamlakat siyosiy tuzumi nihoyatda zaif. Tojikiston — Oʻzbekiston yoxud Turkmaniston emas. Mamlakat ichida va tashqarisida roʻy berayotgan jarayonlarni nazorat qilish uchun Tojikistonda kuch resurslari yetishmaydi”, — dedi Grozin.

Mutaxassisning aytishicha, Tojikistondagi shundoq ham murakkab iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashmoqda.

“Migrantlar borgan sari kam mablagʻ yuboryapti, chetga chiqayotgan mehnat muhojirlari soni kamayib ketgan, energetika borasida roʻy bergan inqiroz, yagona xom-ashyo – xom alyuminiyning narxi tushishi va undan olinadigan daromad hajmi kamayishi… Mamlakat ichki iqtisodi va siyosatining barcha jabhalarida ortga chekinish roʻy bemoqda”.

Grozinning taʼkidiga koʻra, "Mamlakat hukumati ahvolini osoyishta, deb boʻlmaydi. Har qanday jiddiy chaqiriq yoki real gʻalayon siyosiy tizimni qisqa fursat ichida “koʻmib tashlashi” mumkin”. "Tojikistonga chet mamlakatlardan faqat Rossiya yordam berishi mumkin. Toʻgʻri, Xitoy bu mamlakat iqtisodiga koʻplab resurslarni safarbar etdi, ammo bu resurslar mavjud siyosiy tizimni saqlab qolish uchun yetarli darajada emas”, — dedi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala