Dunyoda

AQSH boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqqa quruqlik qoʻshinlarni kiritmoqchi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishAmerika harbiylari.
Amerika harbiylari. - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Mudofaa vaziri Eshton Karter ushbu operatsiya “Islom davlati” ustidan gʻalaba qozonish “jarayonini tezlashtirish” maqsadida amalga oshirilayotgani haqida maʼlum qildi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilar uyushmasiga qarshi kurashda AQSH boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda quruqlikdagi qoʻshinlarni ishga solishga qaror qildi, deb bayonot berdi AQSH Mudofaa vaziri Eshton Karter. Qizigʻi, bundan birmuncha vaqt oldin AQSH prezidenti Barak Obama, Qoʻshma Shtatlar Suriya va Iroqda boʻlib oʻtadigan yangi koʻlamdagi urushga aralashmasligi toʻgʻrisida bir necha bor taʼkidlagan edi, RIA Novosti xabari asosida. 

Reyter agentligi xabariga koʻra, “Karter, “Islom davlati”ga qarshi kurashda, Iroq va Suriyada quruqlikdagi qoʻshinlar ishtirokida operatsiya oʻtkazilishi haqida taʼkidlagan”.

Amerika harbiylari terrorchilarga qarshi kurashni davom ettiradi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Obama: “Suriyadagi harbiy operatsiyalarimiz davom etadi”

"Biz koʻp ishni amalga oshiryapmiz, chunki biz koʻp ishlarni amalga oshirmogʻimiz shart, chunki biz “Islom davlati” ustidan gʻalaba qozonishimiz lozim. Men aminmanki, bu ish qoʻlimizdan keladi, ammo men ushbu jarayonni yanada tezlashtirishni xohlayapman”, — deb aytgan Karter mahalliy telekanallarning biriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, bundan bir qancha vaqt oldin AQSH prezidenti Barak Obama, Qoʻshma Shtatlar Suriya va Iroqdagi yangi koʻlamdagi urushlarga aralashmasligi haqida bir necha bor taʼkidlagan edi. Shu asnoda, 7 dekabr kuni Amerika xalqiga qilgan murojaatida Obama, yangi urush “minglab harbiy askarlarning nobud boʻlishiga hamda AQSH resurslarining pasayishiga” olib kelishi haqida aytib oʻtgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala