Dunyoda

“ID” jangarilari uyushtirgan ommaviy qatl qurbonlari qayta koʻmiladi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishTerrorchilar vayronaga aylantirgan shahar.
Terrorchilar vayronaga aylantirgan shahar. - Sputnik Oʻzbekiston
Ar-Ramadiy(Iroq) shahri terrorchilardan tozalangach, bir necha kun oʻtib, qirqdan ortiq kishining umumiy qabri aniqlandi. Iroq rasmiy vakillari taʼkidiga koʻra, bu odamlar 2015 yil may oyida “ID” jangarilari shaharni egallashgan vaqtda qatl qilingan.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik.  Ar-Ramadiy shahri hukumati 40 kishi tanasi eksgumatsiya qilinishi haqida taʼkidlashdi. Ular orasida ayollar hamda bolalar ham borligi maʼlum qilinmoqda. Qurbonlar “Islom davlati” terrorchilari tomonidan oʻldirilib, umumiy qabristonga koʻmib yuborilgan, xabar qiladi RIA Novosti.

ISHID jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
ID Suriyada yana 280 kishini qatl qildi

“Fikrimizcha, shohidlar “Islom davlati” jangarilari Ar-Ramadiyga hujum uyushtirgan vaqtda, ularga qarshi kurashgan odamlar boʻlishi mumkin", — xabar qiladi Press TV telekanali provintsiya gubernatori Sohib ar-Ravi taʼkidiga ishora qilgan holda.

Iroqning Ar-Ramadiy shahri terrorchilardan tozalangach, bir necha kun oʻtib, qirqdan ortiq kishilarning ommaviy qabri aniqlandi. Iroq rasmiy vakillari xabariga koʻra, bu odamlar 2015 yilning may oyida “ID” jangarilari shaharni egallagan vaqtda oʻldirilgan.

Ommaviy qabr 26 yanvar kuni aniqlangan. Dastavval, hukumat, qabrdan 18 kishi, shu jumladan, 5 nafar politsiyachi tanasi chiqarib olingani haqida maʼlum qilgan edi. Qurbonlarning barchasi otib oʻldirilgan yoki boshi tanasidan judo qilingan.

Jihod bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
ID jangarisi jamoatchilik oldida oʻz onasini qatl qildi

2015 yil dekabr oyida Iroq armiyasi Ar-Ramadiy shahri “ID” terrorchilaridan toʻliq ozod qilingani haqida eʼlon qilgan edi. Sal kechroq provintsiya gubernatori Sohib ar-Ravi shahar faqat 80%ga jangarilardan ozod qilingani haqida xabar qiladi. AQSH Davlat kotibi Jon Kerri ham Ar-Ramadiyning bir qismida hali ham jangarilar mavjudligini tasdiqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala