Dunyoda

Jon Kerri: Suriya prezidenti bergan vaʼdasiga amal qilmasa, pushaymon yeydi

© FABRICE COFFRINI / AFPAQSH Bosh kotibi Jon Kerri.
AQSH Bosh kotibi Jon Kerri. - Sputnik Oʻzbekiston
Agar Bashar Asad Jenevada oʻtgan muzokaralarda olgan koʻrsatmalarga amal qilmaydigan boʻlsa, AQSH mamlakat hududiga oʻz qoʻshinlarini kiritishini aytib, tahdid qilmoqda.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Agar Suriya hukumati qoʻshinlari tinchlik bitimiga amal qilmaydigan boʻlsa, Vashington mamlakat hududiga qoʻshimcha piyoda qoʻshinlarini kiritamiz, deb tahdid qilmoqda AQSH davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda Reyter agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Dunyoda
Moskva Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni taklif qildi

"Agar Asad (Suriya prezidenti Bashar Asad — tahr.) oʻz boʻyniga olgan majburiyatlarni bajarmasa, Eron va Rossiya rasmiylari uni bu koʻrsatmalarni bajarishga majbur qila olmasa…, jahon hamjamiyati aʼzolari shak-shubhasiz toʻnkaga oʻxshab, qoʻl qovushtirib oʻtirmaydi", — dedi AQSH davlat kotibi.

Bundan sal oldin Saudiya Arabistoni va BAA Suriyaga oʻz qoʻshinlarini kiritish niyatida ekanligini maʼlum qilishgan edi. AQSH prezidenti Barak Obama esa Amerika bunday qilmasligini maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Myunxenda xavfsizlik boʻyicha anʼanaviy anjuman oʻtkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari oʻrtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala