Dunyoda

Ginekolog: qirgʻiz ayollari kontratseptsiya oʻrniga abortni maʼqul koʻrishadi!

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishTugʻruqxonadagi bola.
Tugʻruqxonadagi bola. - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlumotlarga qaraganda, homiladorlikdan saqlanish uchun har uch qirgʻiz ayolidan faqat bittasi kontratseptsiya vositalaridan foydalanar ekan! Nahotki, qolgan ayollar farzandli boʻlishni shunchalik xohlashsa?

TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Sputnik Qirgʻiziston muxbiri Asel Minbayeva hali tugʻilmagan bolasidan qutulishni maʼqul koʻrgan ayollar haqida shifokorlar fikrini bilishga harakat qildi. Savollarga akusher-ginekolog Ilya Peregudov javob berdi.

Dunyoda
Morg rahbari bilan ochiq suhbat

— YUNISEF oʻtkazgan tadqiqotlar, turmush qurgan uch ayoldan faqat bittasi kontratseptsiya vositalaridan foydalanishini koʻrsatdi. Bu — ayollarning qolganlari farzandli boʻlishni xohlaydi, deganimi?
— Bizning ayollar rejalashtirilmagan homiladorlikdan himoyalanishning yagona yoʻlini bilishadi, xolos. Bu – abort! Oral kontratseptivlar haqida turfa mish-mishlar bolalab ketgan. Ayollarimiz oʻz qaddi-qomatlarini buzib qoʻyishdan qoʻrqishadi. Spiral ham koʻpchilikka toʻgʻri kelmaydi. Prezervativdan foydalanish esa, erkak xohishiga bogʻliq. Ammo aksariyat erkaklarga u yoqmaydi.
— Statistik maʼlumotlarga koʻra, Issiq-Koʻl viloyatidagi ayollarning har oʻttiztadan bittasi sterilizatsiya qilingan. Shu rostmi?
— Ayollarning oʻzlari shunday iltimoslar bilan murojaat qilishadi. Ayniqsa, uchinchi marta kesarcha kesishni boshdan oʻtkazgan ayollar. Chunki, navbatdagi homiladorlik ayol uchun ham, uning farzandi uchun ham xavfli boʻlishi mumkin. Ha, ayollarning sterilizatsiya qilinishi rost. Yevropada eng keng tarqalgan konratseptsiya vositasi nima, bilasizmi? Erkaklar sterilizatsiyasi.
— Bundan keyin bir umr farzand koʻrmay oʻtish mumkin-ku, axir?
— Muhimi, bu ishonchli. Istak boʻlsa, EKO yoʻli bilan ham farzandli boʻlish mumkin.
— Oʻz homilasini yoʻqotishni istagan ayollar harakatini qanday baholaysiz?
— Ayol kishi homilani turli sabablarga koʻra oldirishi mumkin. Mijozlarim orasida, boy-badavlat boʻla turib, tugʻishni xohlamaganlari ham koʻp: ular karyera qilishni yoki oʻqishni davom ettirishni xohlashadi. Olti nafar farzandi bor mijozlarim ham abortga keladi, yettinchisini boqib olishga imkon yoʻq ularda.
— Filmlarda shifokorlar koʻpincha ayollarni bolani tugʻishga koʻndirishadi. Hayotda ham shundaymi?
— Yoʻq. Men shaxsan hech kimni koʻndirmayman. Ayol kishi hech qachon oʻz bolasini shunchaki oldirishga qaror qilmaydi. Bu juda ogʻir, bu bir umrlik jarohat. Ayollar rostdan ham uzoq ikkilanishadi, ular bir emas, bir necha marta eshigimdan qaytib ketishgan vaqtlar ham boʻlgan. Menimcha, kutilmagan, och-yalangʻoch boladan koʻra, abort yaxshiroq.
— Ayollar abortga bir oʻzlari kelishadimi yoki turmush oʻrtoqlari bilan?
— Ilgarilari erkaklar aksariyat hollarda oʻz ayollarini qoʻllab-quvvatlash uchun kelishardi. Qoʻngʻiroq qilishardi, havotir olishardi. Hozir esa mijozlarimiz koʻpdan-koʻp hollarda abortga yolgʻiz keladilar.
—  Embrion abort vaqti nimani his qiladi?
— Men bu haqda oʻylamaslikka harakat qilaman. Qisqa qilib aytganda, embrion koʻpincha boʻgʻilishdan nobud boʻladi.
— Uy sharoitida oʻz homilasidan qutilmoqchi boʻlgan ayollar haqida koʻp eshitganman. Misol uchun, ayollarning aksariyati issiq vanna qabul qilar ekan. Siz ham bu kabi holatlarga duch kelganmisiz?
— Yoʻq. Ammo qari kampirlarning oldiga boradigan ayollar koʻpligi rost. Oʻshda qandaydir bir yertoʻlada ayollarni homilasidan xalos qiladigan shunday kabinet borligi haqida eshitganday boʻldim. Ammo bu juda xavfli ish. Chunki, organizmda qolib ketgan toʻqimalar baʼzan chirishni boshlaydi. Oqibatda, bu ish — matkani olib tashlash, va hatto, oʻlim bilan yakun topishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala