Siyosat

Qirgʻiziston TIV Oʻzbekistondan blokpostlarni zudlik bilan olib tashlashni talab qilmoqda

© Sputnik / Aybek SamatovOʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi holat.
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi holat. - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan sal oldin Oʻzbekiston chegarachilari Qirgʻiziston bilan belgilanmagan chegarada ikkita bronetransporter, 40ga yaqin harbiy xizmatchilarni joylashtirib, “Madaniyat” chegara punktini toʻliq yopgan edi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidovga chegarada yuzaga kelgan holat tufayli norozilik notasini topshirdi, deb xabar qiladi Sputnik Kirgʻiziston sayti vazirlik matbuot-xizmatidan olingan xabarga asosan.

Oʻzbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi nima sababdan yopilgani maʼlum boʻldi

Hujjatda, shuningdek, Oʻzbekiston tomonidan olib borilayotgan harakatlar chegaraga yaqin tumanlarda aholi oʻrtasida mojarolarni yuzaga keltirishi va sekin-asta qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasida mojaroning kattalashishiga olib kelishi mumkinligi taʼkidlangan.

Qirgʻiziston TIV bosh kotibi Sidiqov, Oʻzbekiston 1996 yil 24 dekabrda ikki davlat oʻrtasida imzolangan "abadiy doʻstlik" normalariga qatʼiy amal qilishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala