Dunyoda

Turkmanistonda "Axalteke goʻzali" tanlovi oʻtkaziladi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Fotobankka oʻtishAxaltekin zotli otlar
Axaltekin zotli otlar - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmanistonda aprel oyi soʻnggida Axalteke zotli tulporlar orasida "goʻzallik tanlovi"ni oʻtkazish anʼanaga aylangan. Musobaqada gʻolib boʻlgan ot egasiga qimmatbaho avtomobil sovgʻa qilinadi.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. 2016 yilning eng goʻzal oti 23 aprel kuni aniqlanishi kutilmoqda. Axalteke zotli tulporlar orasida oʻtkaziladigan xalqaro goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgan ot egasi sovgʻa tarzida qimmatbaho avtomobilni qoʻlga kiritadi, deb xabar qilmoqda Turkmaniston mahalliy OAV, RIA Novosti xabari asosida.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov hukumat kengashida tanlov oʻtkazilishi borasida tegishli farmoyishni imzoladi, deyiladi matbuot xabarlarida.

Hujjatga muvofiq, 2016 yilning eng goʻzal axalteke tulpori 23 aprel kuni, “Turkman tulpori kuni” milliy bayrami arafasida oʻtkaziladi. Gʻolib taniqli olimlar, chet ellik ekspertlar hamda ot bilan shugʻullanuvchi mutaxassislardan iborat hayʼat aʼzolari tomonidan aniqlanishi taʼkidlab oʻtilgan.

Axalteke zotli tulporlar goʻzallik tanlovi bilan bir qatorda rassomlar, haykaltaroshlar, zargarlar, fotosuratchilar, dizaynerlar va teleoperatorlar tomonidan yaratilgan, Axalteke otlari aks etgan tasviriy sanʼat asarlari, suratlar, amaliy sanʼat namunalari hamda telekoʻrsatuvlar  namoyishini oʻz ichiga olgan ijodiy asarlar tanlovi oʻtkaziladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa bilan uchrashuvi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Bahrayn qiroliga axalteke zotli tulpori sovgʻa qildi

Mazkur yoʻnalishdagi gʻoliblarga katta miqdordagi pul mukofotlari taqdim etiladi.
“Axalteke goʻzali” egasi esa qimmatbaho avtomobil bilan taqdirlanadi. Misol uchun, 2015 yilning eng goʻzal axaltekin zotli tulpori egasi Turkmaniston prezidenti nomidan “Toyota Land Cruiser Prado” topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala