Dunyoda

“Vladimir Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot”

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin bilan "Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat markaziy telekanallari va radiostantsiyalar vositasida rossiyaliklar bilan oʻn toʻrtinchi bor jonli muloqot oʻtkazmoqda. “Vladimir Putin bilan jonli muloqot” davomida rossiyaliklar tomonidan prezidentga berilgan eng qiziq savollar Sputnik-Oʻzbekiston materialida.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot”ga bu yil 2,3 million murojaat kelib tushgan. Rossiya prezidentiga berilayotgan savollarga javoblarni eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. 

"Ayni vaqtgacha 1,2 million telefon qoʻngʻiroqlari, 400 ming sms-xabarlarni qabul qildik. Murojaatlar umumiy soni 2,3 milliondan ortib ketdi", — deb xabar qildi “Putin bilan jonli muloqot” onlayn-koʻrsatuvining boshlovchisi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Xotiningga it olib ber" yoxud Putinga qilingan eng gʻalati iltimoslar

Rossiyadagi inqiroz haqida

"Rossiya iqtisodiyoti hozir "qora kunlar"ni boshdan kechirmoqda, holat yaxshilanmadi, lekin yaxshilanishiga umid bor".
“Pul bosish stanogiga” qarshi ekanligini taʼkidladi:
“Pulni bosib chiqarish emas, balki, iqtisodiyot strukturasini oʻzgartirish muhim”.

Putin qanday turdagi dori-darmonlar bilan davolanadi?

"Men kasallikdan yiqilib qoladigan holatgacha olib bormaslikka harakat qilaman, — dedi yarimhazil tariqasida Vladimir Putin va qoʻshimcha qildi: "Sport bilan shugʻullanishga, sogʻlom turmush tarzini olib borishga harakat qilaman. Toʻgʻri, shamollash ham boʻlib turadi lekin koʻpincha oʻz vaqtida kasalliklarga qarshi privivka qildirishga harakat qilaman”, — deya javob qildi Putin “jonli muloqot” davomida.
Qanday turdagi dori-darmonlardan foydalanasiz, yurtimizda chiqarilganmi yoki chet eldan keltirilgan?”, — degan savolga esa, “Qanday dorini bersa, oʻshani qabul qilaman. Ular orasida oʻzimizda chiqarilganlari ham, chet eldan keltirilganlari ham bordir, balki”, — deya javob qildi Rossiya prezidenti.

Iqtisod haqida

"Siz shaxsan nimada tejamkorroq boʻla boshladingiz?— Vaqtda, — javob qildi, Putin. Chunki odam uchun vaqt — eng qimmat narsa".

Rossiya va Turkiya munosabatlari haqida
"Rossiya unga qarshi qaratilgan dushmanlik harakatlariga javob qaytarishda davom etadi, faqat sapchishlarsiz", javob qildi Putin.

Erdoʻgʻon va Poroshenko haqida
"Agar Erdoʻgʻon va Poroshenko choʻkayotgan boʻlsa, qaysi birini birinchi boʻlib qutqargan boʻlardingiz?”, degan savolga, Putin: “Odam choʻkishni ixtiyor qilgan boʻlsa, uni qutqarishning imkoni yoʻq”, — deya javob qaytardi.

Rossiyaliklarning Misrga dam olishga borishi haqida
Putin: "Rossiyaliklar uchun ayni vaqtda dam olish uchun Misrga borish xavfli. Misr hukumati bilan hamkorlikda xavfsizlikni taʼminlash choralarini topish kerak".

Shaxsiy hayoti haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Jonli muloqot” davomida shaxsiy hayoti yaxshiligini, sobiq rafiqasi Lyudmila Putina ham hozirgi hayotidan mamnunligini aytdi.

Rossiya Prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Peskov Putinning uylanishi haqidagi savollarga izoh berishni xohlamadi

Gatchina shahrida yashovchi ayol prezidentdan sobiq rafiqasi Lyudmila Putina turmushga chiqqanligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritishni soʻrab, Putin Rossiya xalqiga birinchi xonimni qachon tanishtirishiga qiziqdi.
"Lyudmila Aleksandrovna bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U shaxsiy hayotidan mamnun, men ham", — javob qildi Putin.

"Odamlar Rossiya Dumasiga deputatni yoki davlat rahbarini uning ishlashi uchun saylashadi, ularning shaxsiy hayoti bu yerda muhim emas", dedi Putin va qachonlardir birinchi xonimni xalqqa tanishtirishi mumkinligini inkor etmadi.

Eslatib oʻtamiz, "Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot"ning ilk soatida Rossiya prezidenti 20taga yaqin savolga javob qaytarishga ulgurdi.

Rossiya aholisi prezidentga aholi daromadi, Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari tomonidan olib borilayotgan operatsiyalar, Rossiya va Turkiya munosabatlari, Misrga sayohat, shuningdek, ekologiyaga oid savollar bilan murojaat etishdi.

Eng qiziq savollardan biri 12 yashar Varya Kuznetsova ismli qizaloq tomonidan berildi. Qizaloqni, mabodo Ukraina va Turkiya prezidentlari choʻkayotgan boʻlishsa, Rossiya prezidenti ularni qutqargan boʻlarmidi, degan savol qiziqtirgan edi. Putin tabassum bilan javob qaytarar ekan, Varya ismli qizaloq uni nooʻngʻay holatga qoʻyganini taʼkidladi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritilishi haqida

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritish masalasida, Yevropa Ittifoqi yoʻl qoʻygan xatoni takrorlamaslik kerak. Hamkor-davlatlar bilan bu masalada oʻzaro kelishuv oʻta muhim", — dedi Putin.

YEOII aʼzo davlatlar bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevroosiyo ittifoqi yagona valyutaga oʻtishi mumkin

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritiladimi?", — degan savolga Rossiya prezidenti quyidagicha javob qaytardi: "YEOIIga yagona valyuta kiritilishi — katta masala. Umuman olganda, buning iloji bor. Shunday boʻlishi mumkin, qachonki ishtirokchi-davlatlar iqtisodi darajasi tenglashgan taqdirda".

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uch soatdan beri davom etayotgan "jonli muloqot" davomida 56ta savolga javob berdi.

"Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot"ning ikkinchi soatini Rossiyaning birinchi xonimi haqidagi savol ochib bergan edi. Rossiyaliklar Vladimir Putinga, shuningdek, "Panama hujjatlari", kutilayotgan saylovlar, sanktsiyalarga doir munosabat, "Minsk kelishuvi", AQShdagi saylovlar va boshqa mavzularda oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Rossiya uchun kim yomon: Klintonmi yoki Tramp?

Rossiya uchun kim yomonroq, Klintonmi yoki Tramp, degan savolga Rossiya prezidenti: yomon emas, yaxshiroqlarni izlash kerak, deya javob berdi.

Amerika bayrogʻi. Vashington. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Senator Sanders: AQSH hali ham SSSR bilan “sovuq urush” olib bormoqda

Shuningdek, Vladimir Putin, AQSH kuch va buyuklik ambitsiyalaridan kelib chiqqan holda harakat qilmasligi kerakligi, aksincha, oʻz hamkorlarini, shu jumladan, Rossiyani ham hurmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

Rossiya rahbariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilmoqchi boʻlgan fuqarolardan boʻlayotgan telefon qoʻngʻiroqlari soni 3 milliondan ortib ketdi.

"Rossiya Havo Kosmik Kuchlari yana qaysi dushmanlar boʻylab zarba beradi?”, deb savol berdi Nikita ismli bolakay. "Biz eng avvalo, yoʻlsizlik tartibsizlik boʻyicha zarba berishimiz kerak", — hazil javob qaytardi Putin.

Vladimir Putin bilan "Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot" Oʻzbekiston vaqti bilan 17:49da yakunlandi. Rossiya prezidenti 3 soatu 40 daqiqa davomida xalq bilan jonli muloqotda boʻldi va 80taga yaqin savollarga javob berdi.

Rossiya prezidentiga jami 2,5 million (yaʼni, har bir daqiqada 2,5 mingtadan) savol kelib tushdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala