Dunyoda

Obama Xirosima meridan uzr soʻramaydigan boʻldi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishXirosima
Xirosima - Sputnik Oʻzbekiston
Xirosima meri Kadzumi Matsui, agar Barak Obama shaharga qadamranjida qiladigan boʻlsa, undan 70 yil oldin sodir etilgan bombardimonlar uchun uzr soʻrashni talab qilmasligini aytdi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik, Yekaterina Plyasunkova. Xirosima meri Kadzumi Matsui agar AQSH prezidenti Barak Obama shaharga tashrif uyushtirsa, undan bombardimonlar uchun uzr soʻrashni talab qilmaydi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi, RIA Novosti xabari asosida.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama: Amerika oʻz yadro qurolini Yaponiya va Janubiy Koreyaga topshirmaydi

Jurnalistlar tomonidan berilgan Obamaning tashrifi haqidagi savollarga javob berar ekan, Mitsui bu tarixiy voqea roʻy berishi “ehtimolga ancha yaqin”ligini tasdiqladi, va shunday boʻlgan taqdirda Obama faqat yodgorliklarni aylanish bilan cheklanib qolmay, balki bombardimonlarga guvoh boʻlgan shahar aholisi bilan ham uchrashishiga umid bildirdi.

"Shubhasiz, bizda atom bombalari uchun javobgarlik masalasini koʻtarish istagi bor, ammo bu hodisa 70 yil oldin roʻy bergan va keyingi avlod ushbu muammoni yengishi lozim”, — deya taʼkidladi Xirosima meri.

1945 yilning avgustida amerikalik uchuvchilar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustidan tashlangan atom bombalar Xirosimada — 140 ming, Nagasakida – 74 ming kishining hayotiga zomin boʻldi.  Xirosima va Nagasakining atom bombasi hujumiga duchor qilinishi insoniyat tarixida yadroviy qurol tinch aholiga qarshi ishlatilganining yagona misolidir.
Shu paytga qadar Amerikaning birorta prezidenti Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashrif uyushtirmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala