Rossiya - ASEAN sammiti: Su-35dan tortib, "Kalinka"gacha

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishRossiya — ASEAN sammiti
Rossiya — ASEAN sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning o‘nlab rahbarlari o‘z hamkorlaridan birining maydonida uchrashuv belgilashi tarixda birinchi marta kuzatilmoqda. ASEAN(janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi)birinchilardan bo‘lib bu an’anani boshlab berdi. Va safarni Rossiyadan boshladi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. 19-20 may kunlari Sochi shahrida Rossiya — ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi) yubiley sammiti o‘tkazildi. Sammit maydonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Myanma va Indoneziya prezidentlari, Tailand, Kambodja, Malayziya, Vyetnam, Singapur va Laos Bosh vazirlari bilan uchrashdi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya - ASEAN sammiti yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida - Sputnik O‘zbekiston
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yo‘q

Rossiya prezidentining so‘zlariga qaraganda, Sochida bo‘lib o‘tgan sammit doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng, ASEAN mamlakatlari G‘arbdan bo‘layotgan bosimlarga qaramasdan, Moskva bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga bel bog‘laganlar, deb yozadi RIA Novosti.

Xayron qolayotgandirsiz, nega ASEAN Rossiyada to‘plandi, deb? Umuman olganda, tarixda bu hol birinchi marotaba kuzatilmoqda. ASEAN(janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi)birinchilardan bo‘lib bu an’anani boshlab berdi. Va safarni Rossiyadan boshladi.

Ozgina siyosat haqida

"Vashington, albatta, shu yerda ham aseanchilarga, ular noto‘g‘ri yo‘nalish tanlaganlarini "shipshitishga" harakat qildilar. Ammo ASEAN davlatlari, AQShning bu "g‘amxo‘rligiga" odob bilan, ammo mujmal javob qaytarishni lozim topdilar. Shunda Amerika diplomatlari zahiradagi variantni ishga soldilar: hech bo‘lmasa, "chiqish sammiti"ni birinchi bizdan boshlanglar, deya taklifni kiritdilar. ASEANchilar rozi bo‘lishdi. Ular fevral oyida Amerikaga yo‘l olgan edilar. Mana endi, Sochida paydo bo‘ldilar

Shuni aytib o‘tish joizki, ASEAN a’zolari mintaqada qaysidir davlatning yetakchilik qilishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Deylik, AQSh kuchayib ketaptimi, ular darhol Xitoy bilan do‘st bo‘ladilar, va aksincha", — deydi "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentlig siyosiy sharhlovchisi Dmitriy Kosirev.

Endi esa, sammit atrofida va uning o‘zida ro‘y bergan voqealarga qaytamiz. Sammit davomida tilga olingan eng qiziq takliflar va shartnomalar quyidagilar bo‘ldi: Indoneziya Suriyadagi urushda juda mashhur bo‘lib ketgan Rossiyaning "Su-35" qiruvchisini sotib olishga qiziqish bildirdi, Bruney esa "superjet" magistral yo‘lovchi samolyotlarga befarq emasligini yashirmadi, Tailand Rossiya bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligi istagini bildirdi. Bundan tashqari, atom stansiyalar, zavod va yo‘llar, laboratoriyalar qurish haqida kelishib oldilar…

Rossiya — ASEAN sammitining eng muhim iboralari

Vladimir Putin Rossiya fuqarolari ASEAN davlatlarida dam olishlari mumkinligini aytdi: "Rossiyaliklar har yili dam olib keladigan mamlakatlarda ahvol yaxshilanadi, degan umiddaman. Rossiya va ASEAN davlatlari o‘rtasida turizmni rivojlantirish masalasini muhokama qildik. ASEAN davlatlari rossiyalik sayyohlarni qabul qilishdan manfaatdor", — dedi Rossiya rahbari.

Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak — sanksiyalarni tashqi siyosatning eng samarasiz instrumenti, deb ta’kidladi. "Ular(sanksiyalar) nafaqat samarasiz, balki, o‘sha sanksiya kiritilgan davlatni o‘z qarorida yanada qat’iy turishga undovchi instrumentdir. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, siyosiy vositalar soni chegalalangan — axir siz urush ochmaysizku, to‘g‘rimi? Ammo, mening nazarimda, eng oxirgi chora bo‘lib qolayotgan sanksiyalarni to‘liq bartaraf etish kerak", — deb ta’kidladi Razzoq Rossiyaga nisbatan kiritlgan sanksiyalar samarasi haqidagi savolga javob berar ekan.

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishRossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

ASEAN, YeII va ShHT hamkorligi: tenghuquqlilik va o‘zaro manfaatlilikka asoslangan uchoqlama iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib chiqish haqida aytildi. "Rossiya va ASEAN o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, 2025-yilgacha ikki tomonlama savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazishga harakat qilamiz", deyiladi Rossiya — ASEAN sammitiga tayyorlangan bayonotda.

Rossiya va ASEAN o‘rtasida ilf-fan sohasida 10-yillik hamkorlik haqida reja imzolandi. Hujjat Rossiya va ASEAN mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro talabalar almashinuvi va universitetlar o‘rtasidagi hamkorilikni nazarda tutadi.

1967 yil janubi-sharqiy Osiyoning "kommunizmdan yiroq bo‘lgan" beshta asosiy (Tailand, Indoneziya, Malayziya, Singarpur va Fillipin) davlatlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini himoyalash maqsadida ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi) tashkil qilingan edi. Bugungi kunda ushbu tashkilotga Vyetnam, Laos, Kamboja, Bruney va Myanma davlatlari ham qo‘shilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa "Rossiya — ASEAN" sammitida ishtirok etgan o‘z hamkasblarini, ya’ni osiyolik jurnalistlarni xursand qilishning o‘ziga xos yo‘lini topdi. Zaxarova o‘O‘nlab jurnalistlar oldida "Kalinka"ga raqs tushdi.

 

Yangiliklar lentasi
0