O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotlarini yagona brend ostida eksport qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMevalar rastasi
Mevalar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buning natijasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati bir xil yuqori standartga keltiriladi va ular chet ellarda oson taniladigan bo‘ladi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda eksport qilinadigan meva-sabzavotlar uchun yagona brend  tovar belgisi ishlab chiqarish rejasi bor, dedi Sputnik muxbiriga "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi vakili.

Buning natijasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan  mahsulotlarning sifati yagona yuqori standartga keltiriladi va ular chet ellarda oson taniladigan bo‘ladi.

“Har qanday oziq-ovqat mahsulotlariga yuqori sertifikatsiya talabalari qo‘yilishi sir emas. Shuning uchun may oyidan boshlab biz o‘zbek fermer xo‘jaliklarida va boshqa qishloq xo‘jalik koronalarida ISO 22000 sertifikatini kirita boshladik. Endi mutaxassislar mahsulot ishlab chiqarishning, ko‘chat ekishdan to uning mevasini qayta ishlashgacha bo‘lgan, butun jarayonini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishdi”, — dedi kompaniya vakili.  

Natijada ekologik toza mahsulot yetishtiriladi va uning uchun alohida tovar belgisi ishlab chiqariladi. Belgi ushbu mahsulot xalqaro tan olin olingan sifat sertifikatiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Eksport hajmini oshirishning yana bir yo‘nalishi bu mahsulotning tashqi ko‘rinishini yaxshilashdir. Bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchilar buni uddasidan chiqisha olmayapti. Misol uchun, o‘zbek meva va sabzavotlari chet elga polietilen paketlarda, yog‘och yoki karton qutilarda yetkizib beriladi. Bu esa ko‘p xaridorlarni qoniqtirmaydi.

“Biz bugungi kunda yevropalik ishlab chiqaruvchilar bilan eng yangi qadoqlash texnologiyalarini o‘rganish uchun izchil muzokalar olib ormoqdamiz. Shu bilan bir vaqtda mahsulot iste’molchilari va yirik gipermarketlarning talablari ham o‘rganilmoqda”, — dedi mutaxassis.

Meva-sabzavot bozori - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2016-yilda 1,2 mln tonna meva-sabzavot eksport qiladi

Misol uchun, Janubiy Koreya o‘zbek gilosini katta hajmlarda sotib olishga tayor, lekin bunga asosiy to‘siq – Koreya tomoning upakovkaga bo‘lgan talabi. Koreyaliklar katta yog‘och yashiklar o‘rniga chiroyli bezatilgan rang-barang yashiklar va iste’mol iilishga tayor donidan tozalangan mahsulot talab qilishmoqda.

Shu sabadan bugungi kunda O‘zbekiston Yevropadan kerakli texnologik uskunalar olib kelish masalasini hal qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0