Chinozlik Ahmadboy ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi

© Facebook / Voditeli TashkentaAhmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha
Ahmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq orasida "Ahmadboy" nomi bilan mashhur chinozlik Ahmad Tursunboyev shu kechayu-kunduzda ijtimoiy tarmoqlar "superqahramoniga" aylandi, deyish mumkin. Internetda u haqda son-sanoqsiz latifalar to‘qilib, bir-biridan qitmir ilmoqli iboralar yozilgan fotosuratlar chop etilmoqda.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. "Ahmadboy baliq ovlab o‘tirsa, qarmog‘iga tilla baliq ilinibdi.

Baliq tilga kirib, yolvorishga tushibdi: — Meni qo‘yib yubor, Ahmadboy. Evaziga uchta tilagingni bajo keltiraman.

Ahmadboy bir zum o‘ylanib turib:

— Kel, bunday qilamiz, baliqcha, — debdi. — Hozir menga shu uch tilagingni berasan, yil oxirida senga ularni o‘nta qilib qaytaraman"…

Eslatib o‘tamiz, shu paytga olingan ma’lumotlarga qaraganda, tadbirkor Ahmad Tursunboyev, yoki oddiy qilib aytganda "Ahmadboy" katta miqdordagi tovlamachilikda ayblanmoqda.

"Mavrodiyning shogirdi", "Yil odami", "O‘zbekistonda moliyaviy piramida qurgan Ahmadboy"… va hokazo. Ahmad Tursunboyev internet foydalanuvchilari orasida xuddi shunday nomlar bilan mashhur.

O‘zbekiston so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy moliya piramidasi faoliyatiga - o‘z vaqtida chek qo‘yildi

Yangi "Mavrodiy"ning qo‘lga olingani haqidagi xabar butun O‘zbekiston bo‘ylab yashin tezligida tarqaldi deyish mumkin. Yigirma birinchi asr axir! Ahmad Tursunboyevning huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qo‘lga olinganini eshitganlar borki, u haqda o‘z fikrlarini bildirishga shoshilishmoqda. Internet foydalanuvchilarining ayrimlari "piramidachi boy" haqida g‘azabga to‘la fikrlar bildirayotgan bo‘lsa, ayrimlari shubhali kompaniyaga ishongan odamlarga chin yurakdan achinib, hamdardlik bildirishmoqda. Ammo sodda vatandoshlariga kesatiq gaplar aytayotganlar soni ham kam emas.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida bu "qahramon"ga atab alohida postlar yaratildi.

Foydalanuvchilar Ahmadboy tomonidan yaratilgan sxemaning yo‘q qilinganiga turlicha munosabat bildirishmoqda: kimdir katta pulga kuyib qolganlarga achinayotgan bo‘lsa, yana kimdir sodda va pulga o‘ch, bir oz xasis vatandoshlari ustidan ochiqdan ochiq kulmoqda.

© Facebook / Voditeli TashkentaFotojaba. Nadpis glasit: "Ti otdal Axmadbayu svoyu mashinu?"
Fotojaba. Nadpis glasit: Ti otdal Axmadbayu svoyu mashinu? - Sputnik O‘zbekiston
Fotojaba. Nadpis glasit: "Ti otdal Axmadbayu svoyu mashinu?"

"Nima, shunday bo‘lishini bilmasmidi ular? Bilishardi! Lekin pul dardi yomonda! Ahmadboyning piramidasiga qo‘yilgan va qaytib olinmagan pullar allaqachon O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan. U pullar bilan vidolashib qo‘ysa ham bo‘ladi. Menga qolsa, kallavaramlarcha kimgadir mehnat qilib topilgan pulni shunchaki hadya etgandan ko‘ra, ularni yoqqan bo‘lardim", — deya izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

"Voy, kechirib qo‘yasiz… Bunday sodda odamlarga achinishga balo bormi? Hayotlari davomida xulosa chiqarishmagan bo‘lsa, bundan keyin ham oqu-qoraning farqiga bormay, yashayverishadi. Axir "piramida" deganlari yangilik bo‘lgan bo‘lsa ekan. Axir 30-yil oldingi "MMM"dan ularning xabari yo‘qmidi?! Yo‘q, axir yo‘q joydan pul va’da qilishapti, ochko‘zlikning oqibati ana shunaqa bo‘ladi", — deya achchiq fikrlar qoldirgan yana bir foydalanuvchi.

Ammo mana shu voqeadan ham yaxshilik topa olgan foylanuvchilar bor ekan.

"Ahmadboyga pul berganlarning barchasiga Toshkentdagi yangi yo‘llar va ko‘priklar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", — deya izoh yozgan internet foydalanuvchilaring biri.

Yana bir foydalanuvchi esa aynan shu mablag‘lar poytaxtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHT sammiti uchun juda asqotishi haqida qistirib o‘tgan.

Zafar Rustamov niki ostidagi foydalanuvchi Ahmadboyning uyidan pullarni katta yuk mashinasida olib chiqishayotgani aks ettirilgan video lavha borligi haqida yozgan.

"Menimcha, shu kechayu-kunduzda Bosh kardiologiya markazida bemorlar soni birdan oshdi-yov", deb fikr bildirgan Ahmadboyga o‘z mol-mulkini ishonganlar taqdiriga achingan Diana Akhmetova niki ostidagi foydalanuvchi.

"O‘z vaqtida undan pullarini undirib olganlarning xursandchiligini tasavvur qilyapman", — deya Dianaga javob qaytargan Mantana G Raf.

© Facebook / Voditeli TashkentaFotojaba na Axmadbay Tursunbayeva
Fotojaba na Axmadbay Tursunbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Fotojaba na Axmadbay Tursunbayeva

Izoh qoldirganlar orasida Ahmadboy qo‘yib yuborilganiyu, u yana o‘z faoliyatini davom ettirishga kirishgani haqida yozganlar ham bor.

O‘zbekiston rasmiy organlari ushbu holat yuzasidan hozircha izoh berishmayapti. RIA Novosti axborot agentligida berilgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu ish yuzasidan tergov boshlab yuborilgan. Hozircha bor ma’lumot shulardan iborat.

Yangiliklar lentasi
0