Siyosat

Islom Karimov: Afgʻoniston Yaqin Sharqdan ekstremistik guruhlarni "tortmoqda"

© Sayt Prezidenta RFOʻzbekiston prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning fikricha, shu kechayu-kunduzda Afgʻonistonda ekstremistik guruhlarga qarshi kurash susayganligi kuzatilmoqda, bu esa mojarolar qoʻshni regionlarga oʻtishi xavfi borligidan nishonadir.

TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Hozirda Afgʻonistonda oʻrnatilayotgan holat Yaqin Sharqdagi radikal guruhlar va ekstremistlarni jalb qilmoqda, deb hisoblaydi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov.

Afgʻon jangchilari va Islom davlati jangarilari toʻqnashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻoniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
"Afgʻoniston bugungi kunda Yaqin Sharqdagi ekstremistik va radikal guruhlarni oʻziga tortayotgan poligonga aylandi”, — deb taʼkidladi chorshanba kuni Islom Karimov XXR Raisi Si Tszinpin bilan oʻtkazgan muzokaralar davomida.

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning fikricha, shu kechayu-kunduzda Afgʻonistonda ekstremistik guruhlarga qarshi kurash susayganligi kuzatilmoqda, bu esa mojarolar qoʻshni regionlarga oʻtishi xavfi borligidan nishonadir.

Islom Karimov Afgʻoniston bilan bogʻliq muammolarni BMT rahnamoligida oʻtkaziladigan keng koʻlamdagi siyosiy  maslahatlashuvlar asosida hal etish mumkinligini taʼkidladi.

"Afgʻoniston muammosini harbiy yoʻl bilan hal etish mumkin emas”, — deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala