Sharqshunoslik instituti magistrlari "25" aksiyasini o‘tkazdilar

© StringerO‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan fleshmob
O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan fleshmob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu kabi vatanparvarlik aksiyalari O‘zbekistonda bundan oldin ham o‘tkazilgan edi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilayotgan fleshmoblar bizni xursand qilishda davom etmoqda. Mana misol uchun, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruvchi magistrlari institut binosi yonida mustaqillikning 25-yilligi sharafiga "25" raqamini hosil qilishdi.

Avtomobillar yordamida 25 raqami hosil qilindi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekcha fleshmob: avtomobillar 25 raqamini hosil qildi
Bundan sal oldin, ya’ni aprel oyida Mustaqillik bayramining 25-yilligi arafasida vatanparvar yoshlar ona-yurtga muhabbatni zamonaviy usulda namoyish etishgan edi: “o‘zbekcha fleshmob” aksiyasida avtomobillar 25 raqami hosil qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 2-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr va magistr bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil bakalavr yo‘nalishini 461 nafar talaba va magistr yo‘nalishini 106 nafar magistr tamomladi.

Yangiliklar lentasi
0