Dunyoda

Kreml Rossiya chegarasida yuzaga kelgan "girdob"dan havotirda

© Sputnik / V. Borisenko / Fotobankka oʻtishNaryad chegarani qoʻriqlashga kirish arafasida
Naryad chegarani qoʻriqlashga kirish arafasida - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Turkiya, Armaniston va Qozogʻistonda yuz bergan hodisalar yuzasidan izoh berdi.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Turkiya, Armaniston va Qozogʻistonda shu kunlarda roʻy bergan hodisalarga izoh berar ekan, Rossiya chegarasida yuzaga kelgan "girdobli harakat"lardan Moskva havotir olmoqda, deya taʼkidladi. RIA Novosti xabari asosida.

Milliarder Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyadagi isyon: Tramp hayratda, Pens esa "bu Obama siyosatining natijasi", deb aytdi
Eslatib oʻtamiz, juma kuni kechasi Turkiya hukumati mamlakatda amalga oshirilmoqchi boʻlgan davlat toʻntarishining oldini olishga muvaffaq boʻldi. Yakshanba kuni Armanistonda radikallar politsiya binosida asirlarni garovga oldi, dushanba kuni esa Qozogʻistonda nomaʼlum shaxslar Olma-Otadagi IIB boʻlinmasiga hujum uyushtirdi.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bu hodisalarni bir xil tasniflash mumkin emasligini taʼkidladi.

Bitta holatda gap hukumatni kuch yordamida egallab olish haqida gap borayotgan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi holatga jinoyatchilikning turlicha koʻrinishi sifatida qarash mumkin", — dedi u.

Dmitriy Peskov chegaralardagi ahvol kuzatib borilayotgani va shunga yarasha xavfsizlik choralari koʻrilayotgani haqida qoʻshimcha qildi.

"Shubhasiz, bizning chegaralarimiz yaqinida bunday "turbulentlik" holatlari yuz berishi havotir uygʻotmay qoʻymaydi. Shu bois, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib, ularni tahlil qilib borishga majburmiz", — dedi Peskov va har bir yangi xabardan soʻng shunga yarasha chora-tadbirlar koʻrilayotgani haqida gapirdi.

Kreml vakili, shuningdek, Moskva oʻz qoʻshnilarini stabil, gullab-yashnayotgan davlatlar sifatida koʻrishni xohlashini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala