Iqtisod

Yevropa Ittifoqi “Turk oqimi” haqidagi muzokaralardan xavotirda

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka oʻtishGaz quvurlari
Gaz quvurlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropalik amaldor: Rossiya va Turkiyaning yangi doʻstligi Yevropa Ittifoqi uchun muammoga aylanishi mumkin.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Moskva va Anqaraning “Turk  oqimi” loyihasini qayta tiklash haqidagi muzokaralari Yevropa Ittifoqida bezovtalik uygʻotmoqda, deb xabar qilmoqda Reyter.       

Bryusselning fikriga koʻra yangi gaz oʻtkazgich Moskva pozitsiyasini kuchaytiradi.

Yevropalik diplomatlar fikriga koʻra, “Turk oqimi” ishga tushganidan keyin Ukraina “asosiy gaz oʻtkazuvchi” maqomidan mahrum boʻladi va YEIning “Gazprom”ga bogʻliqligi ortadi. Undan tashqari Kaspiy dengizidan gaz olib kelish loyihasi ham iqtisodiy maʼnosini yoʻqotadi.

“Rossiya Ukrainani Turkiyaga almashtirishni istasa, Rossiya va Turkiyaning yangi doʻstligi Yevropa Ittifoqi uchun muammoga aylanishi mumkin”, — deb izoh berdi YEIning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri.

“Yevropa Ittifoqi 9 avgustda boʻlib oʻtadigan Rossiya va Turkiya prezidentlari uchrashuviga bezovtalik bilan qaramoqda, chunki ushbu uchrashuvda “Turk oqimi”ga oid shartnoma imzolanishi mumkin”, — deyilgan Reyter xabarida.  

“Turk oqimi” Qora dengiz tubi orqali Rossiyadan Turkiyaga va undan Gretsiyagacha gaz quvuri oʻtkazishni koʻzda tutadi. Ushbu loyiha bir necha yil oldin boshlangan edi, oʻtgan yilning oxirida Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilganidan keyin loyiha  muzlatib qoʻyilgan edi.

Turkiya rahbari Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon 9 avgust kuni Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

Yaqinda Turkiya boʻlib oʻtgan voqea uchun kechirim soʻraganidan keyin “Turk oqimi” haqidagi muzokaralar yana davom eta boshladi. Iyul oxirida Rossiya va Turkiya Iqtisodiyot vazirliklari vakillari orasida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyip Erdoʻgʻon Sankt-Peterburgda 9 avgustda uchrashuv rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0