Jamiyat

Barcha koʻchmas mulk 2018 yilga qadar yoppasiga roʻyxatga olinadi

© Sputnik / Ettinger / Fotobankka oʻtishGeodezistы na stroitelstve
Geodezistы na stroitelstve - Sputnik Oʻzbekiston
Roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida mulkning egalari, foydalanuvchilari, ijaraga beruvchilari hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari, ruxsatsiz qurilgan inshootlar aniqlanadi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan barcha koʻchmas mulk obʼyektlari 2018 yilga qadar yoppasiga roʻyxatga olinadi, deyilgan dushanba kuni eʼlon qilingan hukumat qarorida.

“Roʻyxatga olishdan asosiy maqsad, kadastr hisobini mukammallashtirish, koʻchmas mulk, yer uchastkalari va inshootlardan foydalangani uchun, asosli soliq solish tizimini ishga tushirishdir “, — deyilgan qarorda.  

Yangi qarorga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha koʻchmas mulk inshootlari Respublika Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olish informatsion tizimiga kiritirib, ular haqidagi maʼlumot Davlat Soliq qoʻmitasiga yuboriladi.

Rabota geodezista - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Elektron kadastr tizimi 2020 yilga qadar yaratiladi

Roʻyxatga olish jarayonida koʻchmas mulkning egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari, egallangan maydonlar, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va ruxsatsiz qurilgan inshootlar anqlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ishchi guruhlariga inshootlarni suratga olish, ularnig ichki va tashqi maydonini oʻlchash, ekilgan daraxtlarning soni va yoshini hisobga olishga ruxsat berilgan.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya  va davlat kadastri qoʻmitasi 2016-2019 yillarda Oʻzbekistonda Koʻchmas mulk yagona elektron reyestri tashkil qilinishini xabar qilgan edi. Qiymati 25 mln dollar boʻlgan loyihani moliyalash Jahon banki va Oʻzbekiston hukumati mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala