Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi hisobi yana bir medal bilan boyidi

© Jack GUEZ / AFPYunon-rum kurashchisi Elmurod Tasmuradov
Yunon-rum kurashchisi Elmurod Tasmuradov - Sputnik Oʻzbekiston
Yunon-rum kurashi boʻyicha eng yengil vazn toifasida (59 kg) Olimpiada bahslarida ishtirok etgan Elmurod Tasmuradov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Yunon-rum kurashchilari Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medalni keltirdi. Eng yengil vazn toifasida (59 kg) bahslarda ishtirok etgan Elmurod Tasmuradov bronza medalini qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Hasanboy Doʻsmatov oltin medalni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston Braziliyadagi olimpiadada birinchi "oltin"ni qoʻlga kiritdi
Ikki karra Osiyo chempioni, 2013 yilda Jahon chempionatining bronza medali sovrindori Elmurod Tasmuradov oʻz vazn toifasida eng kuchli sportchilardan bir hisoblanadi. Oʻzbekistonlik kurashchi birinchi bahslarda Serbiya vakili Kristian Fris bilan uchrashib, uni hech bir muammosiz 3:1 (7:2) hisobda magʻlub qilgan edi. Ikkinchi uchrashuv ham oʻzbekistonlik kurashchi uchun katta muammo boʻlmadi. Tasmuradov Shimoliy Koreya vakili Von Chol Yunga qarshi turishi lozim edi. Sportchimiz Yunni 4:0(9:0) hisobi bilan dogʻda qoldirdi.

Yarim finalda Tasmuradov turnirdagi eng jiddiy raqiblardan biri, 2016 yil jahon chempioni kubalik Ismoil Borrero bilan uchrashdi. Ammo bu jang oʻzbekistonlik kurashchiga gʻalaba olib kelmadi. U Ismoil Borrero bilan bahslarda 1:4 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqa finaliga yoʻllanma ololmadi. U uchinchi oʻrin (bronza) uchun kurashadigan boʻldi.

Ammo shuni aytib oʻtish joizki, Olimpiya oʻyinlarining boʻlajak chempioniga munosib qarshilik koʻrsata olgan, u bilan turnirda teng kurashgan sportchi — bizning Tasmuradov boʻldi.

Uchinchi oʻrin (bronza) uchun bellashuvda kurashchimiz qirgʻizistonlik Arsen Eraliyevga qarshi ringga chiqdi. Jang juda qiyin kechdi, ikkala sportchi ham yon berishni istamas edi. Dastlabki raundda Tasmuradov yetakchilikni egalladi: bokschimiz 5-0 hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi boʻlim boshidagi biroz eʼtiborsizlik tufayli qirgʻizistonlik sportchi oldinga chiqib old.

Shundan soʻng Elmurod faol kurashishga harakat qilib, oʻz raqibiga gilamda "xoʻjayinlik" qilishga yoʻq qoʻymadi. Kurash 3:1 (13:8) hisobi bilan yakunlandi.

Natijada, Oʻzbekiston umumiy medallar gʻisobida 39 oʻringa koʻtarildi. Bugungi kun holatiga koʻra bizning sportchilarimiz bitta oltin va toʻrtta bronza medalni qoʻlga kiritdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala