Hodisalar

Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi - Sputnik Oʻzbekiston
Bu safargi avtobus yonishi Markaz-5 massividagi “Jasorat” monumenti yonida yuz berdi. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmadi.

TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Poytaxtda yana bir Mercedes-Benz Conecto LF avtobusida yongʻin chiqdi, deb xabar beradi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bunday hodisalarga poytaxt aholisi shunchalik koʻnikib qoldiki, ular bu tarzdagi xabarlarga jiddiy eʼtibor bermay ham qoʻyishdi. Agar ilgarilari ijtimoiy tarmoqlar gʻazabnok izohlar, vaziyatni bartaraf qilish talabi bilan toʻlib-toshgan boʻlsa, bugungi kunga kelib bu shunchaki navbatdagi holat, eng yomoni, birinchisi va oxirgisi emas, deb taʼkidlashmoqda aksariyat Facebook foydalanuvchilari.

Bu safargi avtobus yonishi Markaz-5 massividagi “Jasorat” monumenti yonida yuz berdi. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmadi, guvohlarning aytishlaricha, haydovchi va konduktor oʻt oʻchiruvchilar kelguniga qadar yongʻinni yongʻin oʻchirgich yordamida oʻchirishga muvaffaq boʻlishgan.

 

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi

 

Mazkur avtobus roʻyxatga olingan avtoparkdagi manbaning xabar berishicha, transport vositasi jiddiy talofat koʻrmagan va tekshiruvlardan soʻng tez kunlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsata boshlaydi. “Toshshahartransxizmat” AKning rasmiy vakillari mazkur hodisaga hozircha hech qanday izoh berishmadi.

Janubiy vokzal oldida yonib ketgan avtobus - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda yana yoʻlovchi avtobuslar yonib ketdi

Sputnik Oʻzbekiston poytaxtda avtobuslarning yonib ketishi muammosi haqida bir necha marta yozdi. Yongʻinlarga asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi, nokonditsion ehtiyot qismlardan foydalanish, mazkur avtobuslarning mahalliy sharoitlarga muvofiq kelmasligi sabab boʻlmoqda. Ayni paytda Mercedes-Benz avtobuslari oʻrniga kelajakda egallashi mumkin boʻlgan MAN A 22SPG avtobuslari oʻrganib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala