Dunyoda

Putin: AQSH oʻz manfaati yoʻlida Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida koʻrsatishga urinyapti

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishPutinning Qirgʻizistonga tashrifi, ikkinchi kun
Putinning Qirgʻizistonga tashrifi, ikkinchi kun - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShdagi saylov oldi kampaniyasida Rossiya xaritasidan foydalanish holatiga izoh berar ekan, bu odamlar ongida "yovuzlik imperiya"sini qayta tiklashdan boʻlak hech narsa emas, deb aytdi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. AQShning odamlar tasavvurida Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida qayta tiklash singari urinish aks samara berishini aytib oʻtdi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Rossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: NATO soʻnggi fin askari qolguncha, Rossiya bilan jang qilardi, ehtimol
"AQShdagi prezidentlik saylovlari kampaniyasi davomida Rossiya va Rossiya prezidentidan foydalanish holatiga keladigan boʻlsak, bu Rossiyaning mavqei va ahamiyati kundan kunga oʻsib borayotgani bilan bogʻliq, deb hisoblayman. Lekin, fikrimcha, bu eng avvalo mamlakat ichida jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga urinish boʻlsa kerak. Koʻrib turibmizki, AQShda Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida koʻrsatishga harakat kuchli. Ular bu usul bilan xalqni qoʻrqitmoqchi boʻlyapti. Bu juda qoʻpol harakat, deb oʻylayman va aks samara beradi nazarimda", — dedi Putin jurnalistlar savoliga javob berar ekan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala