Turizm

Euronews Shohi Zinda majmuasi haqida koʻrsatuv namoyishini boshladi

© Mixail GenisShohi-Zinda majmuasi
Shohi-Zinda majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Euronews muxbiri ushbu yodgorlik majmuasini nafaqat samarqandliklar, balki butun dunyodagi ziyoratchilar muqaddas qadamjo deb bilishlarini taʼkidlaydi

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Shu haftadan eʼtiboran Yevropadagi yetakchi “Yevronyus” telekanali “Oʻzbekistondan durdonalar” koʻrsatuvlar turkumining navbatdagi telelavhalari namoyishini boshladi, deb xabar beradi “Jahon” AA. Bu gal Samarqand shahrida joylashgan Shohi Zinda yodgorlik majmuasiga bagʻishlangan teledastur namoyishi joriy yilning 26 sentyabridan boshlab 2 oktyabriga qadar davom etadi.

Dasturda qayd etilganidek, oʻrta asrlarga oid ushbu yodgorlik qadimda shohlar va mahalliy zodagonlar dafn etiladigan hilxona boʻlgan.

Moskvadagi turizm koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Euronews Oʻzbekiston haqidagi turkum koʻrsatuvini boshlaydi

Majmua birin-ketin joylashgan yorqin moviy koshinli, ajoyib maqbaralardan iborat. Dasturda qayd etilishicha, Muhammad paygʻambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbos roziyallohu anhuning qabrlari joylashgan joy majmuaning hilxona boshlanadigan asosiy maqbarasi hisoblanadi.

Majmuada XIV-XV asrlarga oid 11 maqbara, shuningdek, XI asrda barpo etilgan uchta masjid joylashgan. Umuman, Shohi Zinda anʼanaviy islom meʼmorchiligi asosida bunyod etilgan 40dan ziyod obidalardan iborat.

Euronews muxbiri ushbu yodgorlik majmuasini nafaqat samarqandliklar, balki butun dunyodagi ziyoratchilar muqaddas qadamjo deb bilishlarini taʼkidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0