Jamiyat

Tanishing: Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov

© SputnikPrezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov
Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻzbekiston kelajakda kimlarga suyanishi mumkinligini aniqlash maqsadida Prezidentlikka nomzodlarning siyosiy tajribasi bilan tanishib chiqishga qaror qildi

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidentligi uchun saylovlar boʻlib oʻtishiga bir necha oy qoldi. Davlat rahbari lavozimiga har biri mamlakat kelajagiga oʻz qarashiga ega toʻrt nafar nomzod koʻrsatilgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻzbekiston kelajakda kimlarga suyanishi mumkinligini aniqlash maqsadida Prezidentlikka nomzodlarning siyosiy tajribasi bilan tanishib chiqishga qaror qildi. Bugun Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Hotamjon Ketmonov bilan tanishamiz.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining (Oʻzbekiston XDP) rivojlanish yoʻnalishi va uning yetakchisi qarashlarini tushunish uchun ushbu partiyani koʻpincha ijtimoiy siyosatda Rossiya KPning gʻoyalari vorisi deb atashlarini aytish kifoya. Lekin bugungi kunda mamlakatda eng ommabop boʻlgan partiya reytingini yoʻqotmoqda. Parlamentning quyi palatasiga boʻlgan soʻnggi saylovlarda u nafaqat Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi, balki “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ham kamroq ovozga ega boʻldi.

Hotamjon Ketmonov asosiy raqobatchisi Shavkat Mirziyoyevdan farqli oʻlaroq, boshqaruv sohasida salmoqli tajribaga ega emas. U mehnat faoliyatining dastlabki 15 yilini taʼlim tizimida oʻtkazgan. Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlab, maktabda bir necha yil oʻqituvchilik qilgach, tez orada Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimlariga qadar bosqichni bosib oʻtgan.

Hotamjon Ketmonov 2005 yilda Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. Aynan oʻsha davrda "Andijon voqealari" yuz bergan, oqibatda koʻplab amaldorlar oʻz lavozimlaridan chetlatilgandi. Ketmonov esa 2013 yilga qadar Andijon viloyat hokimligida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi va  2013 yilda Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi lavozimini egalladi.

Oʻzbekistonda prezident saylovlari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Prezident saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi

Siyosiy tajribaga ega boʻlmasa-da, Ketmonov ilgari ham Oʻzbekiston Prezidentligi lavozimiga daʼvogarlik qilgan. 2015 yilning martida oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarida Ketmonovga saylovchilarning 2,92%i (552,3 ming saylovchi) ovoz bergan.

Endi uning siyosiy yukiga nazar solamiz. Ketmonov oʻzbek jamoatchiligi oldida koʻp bor "boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish" haqida soʻzlagan. Miyangizga darrov sobiq sovet davri va boqimandalarga qarshi kurash kampaniyasi keladi.

Ketmonov jamiyatda boqimandalik kayfiyatida yashaydigan, ishlash oʻrniga davlatning yordamiga umid qilib oʻtiradigan odamlar hali ham bor ekanligi haqida bong uradi. Uning fikricha, odamlarda bunday boqimandalik kayfiyati mehnatga layoqatli fuqarolarning ijtimoiy nafaqa olishga oʻrganib qolganliklari oqibatida paydo boʻlgan. Bu muammoni qanday hal qilish borasida nomzod aniq javob bermaydi, munosib maosh va mehnat sharoiti yaratish evaziga boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini koʻrib chiqish haqida mulohaza yuritadi.

Hotamjon Ketmonov yangi ish oʻrinlari yaratish borasida yoshlar va oilaviy tadbirkorlikka alohida eʼtibor qaratadi. Uning dasturidagi asosiy gʻoyalardan biri oʻz biznesini tashkil qilayotgan kollej bitiruvchilariga soliqlar va bank sohasida keng imtiyozlar berishdan iborat. Urgʻuni yoshlarga berish albatta tushunarli, zero 32 millionli mamlakat aholisining 55%dan ortigʻini yoshlar tashkil etadi.

Nomzod iqtisodiyotda davlatning boshqaruvchilik rolini mustahkamlash, turmush darajasini yaxshilash, aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish davlatning zimmasida boʻlishi tarafdori.

Oʻtgan yilgi prezidentlik saylovlarida Ketmonov kommunal xizmatlar sohasidagi narxlar va tariflarni davlat oʻz nazoratiga olishi lozimligini bildirgandi. Ketmonov eʼtibor qaratgan "ogʻriqli" mavzulardan yana biri farmatsevtika sohasidir. U farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati, dori vositalari narxining shakllanishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, dori vosilarining reklamasini cheklashni taklif qiladi.

Nomzod shuningdek, jamiyatning barcha aʼzolari, birinchi navbatda kam taʼminlanganlar dori-darmon sotib olishda muammo va qiyinchilikka dus kelmasliklari lozimligiga eʼtibor qaratadi.

Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Prezidentligiga saylovlarda ishtirok etadigan barcha nomzodlar maʼlum boʻldi

Ketmonov dori-darmon ishlab chiqarish tannarxini va dorining sotuvdagi haqiqiy narxiga muvofiqligini  nazorat qiluvchi qonunchilik mexanizmi ishlab chiqishni taklif etgan. Bundan tashqari, u dori vositalari reklamasini keskin cheklash tarafdori, uning fikricha, bunday reklamalar aholining aksariyat qismini oʻz-oʻziga tashxis qoʻyish va oʻzini-oʻzi davolashga undamoqda.

Hotamjon Ketmonov urgʻu berayotgan yana bir muammo isteʼmolchi savatini shakllantirish mexanizmini yaratish va uning asosida oylik ish haqi va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilashdir.

Ushbu saylovlarda Ketmonov ijtimoiy himoyalanmagan qatlam, pensionerlar, talabalar, kam taʼminlanganlar unga ovoz berishlariga umid qiladi.

Yangiliklar lentasi
0