O‘zbekistonda pul jo‘natmalarini olish tartibi o‘zgarmadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet eldan yuborilgan pul jo‘natmalarini olishda ma’lum muammolarga duch kelgan fuqarolarga Markaziy Bank o‘z rasmiy saytida ko‘rsatilgan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etmoqda

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. So‘nggi kunlarda O‘zbekistondagi ayrim bank bo‘linmalarida chet eldan pul jo‘natmalarini olishga kelgan fuqarolardan jo‘natuvchining pasport nusxasi talab etilishi holati ijtimoiy tarmoqlarning eng munozarali mavzularidan biriga aylandi, deb xabar qiladi "Novosti Uzbekistana".

Bank ishi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi qisqardi
Internet foydalanuvchilari bu bahslarda O‘zbekistonda chet eldan yuborilgan valyutani olish tartibi o‘zgartirilgani, yangi qoidalar kiritilgani haqida ta’kidlaganlar. Odamlar ayrim bank bo‘linmalarida ulardan jo‘natuvchining pasport nusxasini talab etishgani haqida hikoya qilganlar.

Texnika taraqqiy etgan bir davrda bir parchagina qog‘ozni internet orqali yuborish, uni chiqarib olish muammosiz ko‘rinsa-da, ammo katta yoshdagi kishilar uchun — bu anchagina katta muammo hisoblanishi ayni haqiqat.

Kapital bankning bosh ofisida pasport nusxasi umuman olganda, kerak emasligini aytishdi. Ammo chet eldagi pul jo‘natuvchi o‘zi haqida batafsil ma’lumot (pasport seriyasi va raqami, familiyasi, ism-sharifi, shuningdek tug‘ilgan sanasi) qoldirishi shart ekan. Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, 500 dollardan ko‘p pul jo‘natmasini qabul qilib olishda ham xuddi shunday "batafsil ma’lumot" kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Qishloq qurilish bankida esa, buning uchun pul jo‘natuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi hamda uning tug‘ilgan sanasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kifoya, deya ta’kidladilar. "Trast bank" xodimasi esa ularda pul jo‘natmalarini olish qoidalari o‘zgarmaganini, kishi avvalgidek pul jo‘natmalarini olishi yoki yuborishi mumkinligini ta’kidladi. "Buning uchun birgina pasportning o‘zi yetarli", deb ta’kidladi u.

Nashr muxbiri eng oxirida Markaziy Bankning ishonch telefoniga sim qoqqan. Valyuta-iqtisod bo‘limi mutaxassisi xorijdan pul jo‘natmalarini qabul qilish qoidalari o‘zgartirilmagani haqida tushuntirib o‘tgan. Fuqaro o‘ziga tegishli pasport hamda jo‘natma raqamini bank xodimiga havola qilgan holda istalgan hech qanday muammosiz pul jo‘natmalarini olishi mumkinligi ta’kidlangan.

Shu tariqa, yuqoridagi singari muammolarga duch kelgan fuqarolarga Markaziy Bank o‘z rasmiy saytida ko‘rsatib o‘tilgan ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0