Mirziyoyevga asosan banklar ustidan shikoyat qilishmoqda

© SputnikShavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p tilga olingan banklardan biri "Agrobank" va uning respublikadagi filiallari bo‘ldi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilishda davom etmoqda. Fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishmoqda: kimdir avtomobil olishda yordam so‘rasa, kimdir nafaqa yoki kreditda muammoga duch kelayotganligini bildirgan. Lekin eng muammoli nuqta bank sohasi bo‘lib, o‘zbekistonliklar mamlakatning turli burchaklaridan u yoki bu bank ustidan shikoyat qilishmoqda, deb yozadi "Novosti Uzbekistana".

Matbuot xizmati tomonidan rasmiy Facebook sahifasida chop etilgan murojaatlarga ko‘ra, deyarli har bir shikoyatda banklar faoliyatidan norozilik bildirilgan. Eng ko‘p tilga olingan banklardan biri "Agrobank" va uning respublikadagi filiallari bo‘ldi. Shuningdek, shikoyatlarda Milliy bank, "Trast bank", "Davr bank", "Ipoteka bank", "Xalq banki" va boshqa banklar nomi uchraydi.

Raxmatova Dilshoda - Sputnik O‘zbekiston
Muammo, murojaat, yechim - Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga 5+

Chirchiqlik nafaqaxo‘r ayol virtual qabulxonaga Milliy bank bo‘limi ustidan shikoyat qilib, uning xabardorligi va roziligisiz o‘z nomiga plastik karta ochilganligini bildirgan. Ayolning murojaatidan so‘ng uning naqd pulda nafaqa olishi bir necha kun ichida hal etilgan. Yana bir fuqaro esa qabulxonaga murojaat qilganidan keyin "Agrobank" uning omonatini qaytarib bergan. Yana ikkita korxona virtual qabulxona orqali tranzit hisob raqami ochish borasidagi muammosini hal etgan.

Ta’kidlash joizki, matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi o‘z ishini boshlaganidan keyingi dastlabki 10 kun ichida 15 mingta murojaat kelib tushgan. Qabulxona o‘z ishini 2016-yilning 24-sentabrida boshlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0