Tatyana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi

© Upravlenie musulman UzbekistanaTatyana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi
Tatyana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ziyorat so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning haqlariga Qur’on tilovat qilinib, ruhi poklariga bag‘ishlandi. Shuningdek, ziyoratchilarga "Minor" masjidi nomidan esdalik sovg‘alar topshirildi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimova 2016-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida qad rostlagan "Minor" jome masjidini ziyorat qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi saytiga tayangan holda kun.uz xabar bergan.

Lola Islamovna Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova ota qabrini ziyorat qildi
Ushbu masjid O‘zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita tavsiyalari va tashabbuslari bilan 2013-yil 29-iyulda Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida bunyod etilgan. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimovalarni O‘MI Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Toshkent shahar vakilligi xodimlari va masjid jamoasi kutib olishdi. Ziyoratchilar dastavval masjidga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turgan favvora va hududda olib borilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, masjidning ichki hovlisi, O‘MI Toshkent shahar vakilligi ma’muriyati xonasi va masjid xonoqoxini ziyorat qilishdi.

© Upravlenie musulman UzbekistanaTatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor
Tatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor - Sputnik O‘zbekiston
Tatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov masjidning qurilish tarixi, masjid sig‘imi, yurtimizning turli viloyatlaridan kelayotgan ziyoratchilarning yurtimiz va yaqinda vafot etgan yurtboshimiz haqlariga qilayotgan duolarini aytib o‘tdi. A.Tursunov masjidning qurilishi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov janoblarining tashabuslari bilan chiroyli va ko‘rkam holga keltirilganligini, ushbu qilingan barcha ishlar tahsinga sazovor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

© Upravlenie musulman UzbekistanaTatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor
Tatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor - Sputnik O‘zbekiston
Tatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor

Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimovalar "Minor" masjidiga qilgan ziyoratlaridan mamnun bo‘lganliklarini bildirib, birinchi Prezidentimizning 1992-yil Umra safarida Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan hadya qilingan kisvani masjid jamoasiga hadya qilishdi. Ushbu kabapo‘shning qadri yana shu bilan balandki, ushbu kisva bir yil davomida Kabayi Muazzama ichida saqlangan.

© Upravlenie musulman UzbekistanaTatyana va Lola Karimovalar Toshkentdagi "Minor" masjidini ziyorat qilishdi
Tatyana i Lola Karimovi posetili mechet Minor - Sputnik O‘zbekiston
Tatyana va Lola Karimovalar Toshkentdagi "Minor" masjidini ziyorat qilishdi

Ziyorat so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning haqlariga Qur’on tilovat qilinib, ruhi poklariga bag‘ishlandi. Shuningdek, ziyoratchilarga "Minor" masjidi nomidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0