Siyosat

Toshkentda 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Fotobankka oʻtishToshkent
Toshkent - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentdagi majlis davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar tasdiqlanadi

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari IHT tashqi ishlar vazirlari Kengashining  43-majlisida ishtirok etadilar, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov.

IHT TIVKning 43-majlisi 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston raisligida oʻtadi.

"IHTning yigirma olti aʼzo davlatlari majlisda ishtirok etishini rasman tasdiqladilar", — deb maʼlum qildi Fozilov. Uning soʻzlariga koʻra, majlisda shuningdek, IHT bosh kotibi Iyad Amin Madani, Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Xajjar, AQSH, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariyaning maxsus elchilari, qator xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashadilar.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, Toshkentdagi majlis davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda Oʻzbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Ilgariroq Oʻzbekiston TIV mamlakatning IHT TIVKdagi raisligida tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida ilmiy-texnikaviy, savdo va investitsion hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm va ekstremizm gʻoyalariga qarshi kurashni kuchaytirishda birlashish hamda yadro qurolidan xoli hududlarni kengaytirishga katta eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgandi.

IHT 1969 yil sentyabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini taʼminlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferentsiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda aʼzo boʻlgan. Rossiya 2005 yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala