Jamiyat

"Oʻzneftmahsulot" benzin tanqisligi haqidagi shov-shuvlarga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishHaydovchi benzin olmoqda
Haydovchi benzin olmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniya benzin tanqisligiga bir necha omillar sabab boʻlayotganini bildirdi

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. "Oʻzneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi soʻnggi kunlarda Toshkent shahrida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida navbatlar kuzatilayotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Bu holat haydovchilarning eʼtirozlariga va turli mish-mishlarga sabab boʻlayotgandi. Kompaniya saytida eʼlon qilingan murojaatda yuzaga kelgan vaziyat "Oʻzneftmahsulot" bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga aloqador ekani aytiladi.

"Birinchidan, deyiladi xabarda, shahrimizga viloyatlardan qatnayotgan koʻpchilik avtomobillar egalari chayqovchilik niyatida turli yoʻllar bilan keragidan ortiqcha miqdorda avtobenzin olib chiqib ketishmoqda. Bunday holatning oldini olish maqsadida kompaniyamiz tomonidan "Oʻzdavneftgazinspektsiya" va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda".

AYOQSH va AZLK - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda benzin qimmatmi?

Ikkinchi sabab sifatida aholi orasida AYOQShlarda avtobenzin kamayib ketishi haqidagi xabarning tarqatilayotgani koʻrsatilgan. "Oʻzneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi neftni qayta ishlash zavodlari yonilgʻi mahsulotlarini yetarlicha ishlab chiqarayotgani va bundan buyon AYOQShlarga nafaqat belgilangan miqdorda, balki unga qoʻshimcha miqdorda ham avtobenzin yetkazib berish rejalashtirilganini bildirdi.

Murojaatda ayrim avtomobil egalari oʻz uylari yoki garajlarida avtobenzinni zaxira qilib qoʻyishga kirishishgani, xavfli yonilgʻi mahsulotlarining maxsus moslashtirilmagan joylarda saqlanishi koʻngilsiz voqealarga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

Toʻrtinchi sabab sifatida avtomobillar sonining yildan-yilga koʻpayib borayotganligi koʻrsatiladi. Bu avtobenzin isteʼmolining borgan sayin ortib borishiga olib kelayotgani, biroq kompaniya avtobenzin ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini belgilashda bu omilni ham nazarda tutganligi maʼlum qilinadi.

Murojaatda "Oʻzneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi mazkur vaziyatni barqarorlashtirish uchun neftni qayta ishlash zavodlarida avtobenzin ishlab chiqarish miqdorini mumkin qadar koʻpaytirish, shu jumladan chetdan qoʻshimcha miqdorda uglevodorod xom ashyosini keltirish va isteʼmolchilarni avtobenzin bilan tegishli miqdorda taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrayotganligi bildirilgan.

Kompaniya rahbariyati murojaatda Toshkent aholisi va mehmonlarini turli shov-shuvlarga ishonmaslikni va xavotirga berilmaslikni, ehtiyojdan ziyod miqdorda yonilgʻi gʻamlamaslikni hamda faol fuqarolik pozitsiyasida turib, yuqorida bayon etilgan omillarning oldini olishda yaqindan hamkorlik qilishni soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala