O‘zbekistonda soliqqa tortish tizimi o‘zgarishi mumkin

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov kichik korxonalarning yiriklashishini rag‘batlantiruvchi soliq siyosatini yuritish, korxonalarning tasnifida "o‘rta korxona" tushunchasini kiritish lozim deb hisoblaydi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov amaldagi soliqqa tortish tizimini o‘zgartirishni taklif etdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ketmonovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda kichik korxonalarning yiriklashishini rag‘batlantiruvchi soliq siyosatini yuritish, korxonalarning tasnifida "o‘rta korxona" tushunchasini kiritish lozim.

Soliqlar tizimining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, deydi nomzod, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va davlat budjetini shakllantirishdagi ishtiroki katta farq qiladi.

Masalan, yirik korxonalar tomonidan yalpi ichki mahsulotning 44% ishlab chiqilib, ulardan 89,8% soliq va to‘lovlar undirilgan bo‘lsa, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,1%ni tashkil etib, soliq va to‘lovlari 10,2%ni tashkil etmoqda. Kichik korxonalar tomonidan ishchilarga to‘lanadigan ish haqlari ham yirik korxonalar to‘layotganidan 2 baravarigacha pastdir.

Ketmonovning fikricha, hozirgi soliqlar va imtiyozlar tizimi kichik korxonalarning yiriklashishiga xalaqit qilmoqda.

Go‘shtni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

"Mazkur masalalarni tartibga solishda dastavval sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususan, kichik korxonalar yiriklashish jarayonida katta soliq yuklamasiga tushib qolishini oldini olish maqsadida “o‘rta korxona” tushunchasini kiritish, ya’ni yirik, o‘rta va kichik korxonalari mezonlarini belgilash; kichik korxonalarning yiriklashishi va yanada rivojlanishiga xizmat qiladigan soliq va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish lozim", — ta’kidladi u.

Bundan tashqari, nomzod turli xil imtiyozlarni berish yo‘llari orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi norasmiy mehnat munosabatlarini qonun doirasiga kiritish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlarning mas’uliyatini va javobgarligini oshirish kerakligini bildirdi. Shu bilan bir vaqtda, davlat tomonidan qattiq nazorat o‘rnatish ham e’tibordan chetda qolmasligi lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka nomzodlar to‘rt nafarni tashkil etadi. O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" Sarvar Otamuratov, "Adolat" Narimon Umarov nomzodini ilgari surgan. O‘zbekiston XDP Hotamjon Ketmonov nomzodini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0