Dunyoda

Atambayev: dunyodagi tinchlik SHHT qanchalik mustahkam ekaniga bogʻliq

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka oʻtishRF Bosh vaziri D. Medvedevning Qirgʻizistonga tashrifi
RF Bosh vaziri D. Medvedevning Qirgʻizistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SHHTga aʼzo boʻlishni istovchilar soni ortib borayotgani, tashkilot nufuzidan dalolat beradi, deb taʼkidladi Qirgʻiziston prezidenti

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev sammitda qatnashish uchun Bishkekkayetib kelgan SHHTga aʼzo mamlakatlar hukumat rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Atambayev oʻz nutqi avvalida SHHTga aʼzo mamlakatlar hukumat rahbarlariga yubiley yigʻilishda ishtirok etayotganlari uchun alohida tashakkur izhor etdi.

Oʻzbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rustam Azimov SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka joʻnab ketdi
"Men barchangizni koʻrib turganimdan xursandman. Biz birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz, fikrimcha, bu dunyo koʻlamiga mos ishlar — SHHT qanchalik mustahkam boʻlsa, dunyodagi vaziyat ham shunchalik stabil boʻladi. Bishkekdagi yigʻilishda tashkilotga aʼzo mamlakatlar hukumat rahbarlarining barchasi ishtirok etayotgani — qabul qilayotgan tomon uchun katta sharafdir", — deb taʼkidladi Atambayev.

Qirgʻiziston prezidenti, shuningdek, SHHTga aʼzo boʻlishni istovchilar soni ortib borayotgani, tashkilot nufuzidan dalolat beradi, deb taʼkidladi. Atambayevga koʻra, Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishi haqidagi soʻnggi qaror esa SHHT salohiyatini oshirishga yordam beradi.

"Endilikda ishlarimiz ancha oson kechadi, nega deganda UFAda SHHTni rivojlantirish strategiyasini qabul qildik. Biz, endilikda keyingi 10 yilga birgalikda qanday yoʻldan borishimiz batafsil bayon qilingan ushbu strategiyaga amal qilmogʻimiz kerak", — deb qayd etdi Atambayev.

Atambayev bilan uchrashuvda Qirgʻiziston Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajarayotgan Sooronboy Jeenbekov, Qozogʻiston bosh vaziri Boqitjon Sagintayev, Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Rustam Azimov, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda,  Xitoy Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyan, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Rashid Alimov hamda SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi rahbari Yevgeniy Sыsoyevlar qatnashishdi.

Yangiliklar lentasi
0