Jamiyat

Qirgʻiziston SHHT taraqqiyot banki va fondini tuzishga chaqirdi

© Sputnik / Vitaliy BelousovSHHTga aʼzo davlatlar bayroqlari
SHHTga aʼzo davlatlar bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston Hindiston va Pokistonning SHHTga qabul qilinishi bilan tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshadi, deb hisoblaydi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Qirgʻiziston SHHT taraqqiyot banki va fondini tuzish hamda energetika sohasida loyihalar amalga oshirish tarafdori, dedi Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Sooronbay Jeenbekov Bishkekda boʻlib oʻtayotgan SHHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yigʻilishida. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston maʼlum qilmoqda.

Qirgʻiziston Hindiston va Pokistonning SHHTga qabul qilinishi bilan tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshadi, deb hisoblaydi.

"Hamkorlik loyihalarining olgʻa siljishini taʼminlovchi omillardan biri, shubhasiz ularning moliyaviy taʼminoti hisoblanadi. Qirgʻiziston tomoni SHHT taraqqiyot banki va SHHT taraqqiyot fondi (maxsus hisob)ni tashkil qilish masalasini tezroq kelishishga chaqiradi. Ushbu tuzilmalar oʻzaro iqtisodiy loyihalarning moliyaviy taʼminotida samarali omil boʻlishi darkor", — dedi Jeenbekov.

Oʻzbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rustam Azimov SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka joʻnab ketdi

Uning aytishicha, muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun aʼzo-davlatlarning ishbilarmon va moliyaviy doiralarini jalb etish lozim.

"Butun mintaqaning rivojlanishi investitsion loyihalar tanlovining bosh tamoyili boʻlishi kerak. Ilk loyihalar energetika, energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalari sohasida boʻlishi mumkin", — dedi u.

Qirgʻiziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi aʼzosi sifatida Rossiya va Xitoyning YEOII va Buyuk Ipak yoʻli iqtisodiy kamari doirasida loyihaviy faoliyatni birlashtirish tashabbusini qoʻllab-quvvatlaydi. Respublika bu tashabbusni SHHT kun tartibiga kiritishga loyiq deb hisoblaydi va koʻp tomonlama hamda ikki tomonlama tartibda ishlashga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0