Oʻzbekistonga ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner keltirilmoqda

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner Toshkentga olib kelinishi
Boeing 787 Dreamliner Toshkentga olib kelinishi - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning Siyetl shahridan parvoz qilgan samolyot shanba kuni tongida, 12 soatlik toʻxtovsiz uchishdan soʻng «Toshkent» aeroportiga qoʻnadi. Samolyotni kutib olish marosimiga mahalliy nashrlar vakillari, aeroport ishchilari va boshqalar taklif etilgan

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" sotib olgan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlarining ikkinchisi 5 noyabr kuni kuni Toshkentga keltiriladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga "Toshkent" xalqaro aeroportidagi manba.

Toshkentda Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib olish - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Toshkent Boing 787 «orzu layneri»ni kutib oldi
AQShning Siyetl shahridan parvoz qilgan "Orzu samolyot i"shanba kuni tongida, 12  soatlik toʻxtovsiz uchishdan soʻng "Toshkent" aeroportiga qoʻnadi. Samolyotning umumiy yoʻlovchilar sigʻimi 246 oʻrindiqdan iborat. Yangi samolyot uzoq va oʻta uzoq xalqaro yoʻnalishlarda foydalaniladi hamda Toshkent—Nyu-York yoʻnalishi boʻyicha qoʻnilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi. Deylik, u Oʻzbekiston shaharlaridan AQSH va Kanada, Uzoq Sharq, Osiyo, Afrika va Avstraliyaning istalgan shaharlariga parvozlarni amalga oshirish imkoniga ega.

Aytgancha, "Orzu layneri"ni kutib olish marosimiga mahalliy nashrlar vakillari, aeroport ishchilari va boshqalar taklif etilgan.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi 2016 yil 31 avgust kuni ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinchisini qabul qilgandi. Oʻtgan vaqt ichida samolyot Oʻzbekistonning turli shaharlariga ichki parvozlarni, shuningdek, Olmaota va Dubay shaharlariga xalqaro parvozlarni amalga oshirdi.

2016 yilning yanvarida Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan samolyot konstruktsiyasining tarkibiy qismlarini taʼmirlash boʻyicha markaz yaratiladi. Ushbu markaz Boeing-787 Dreamliner yangi avlod aviatsiya texnikasiga xizmat koʻrsatishi koʻzda tutilgan.

Boeing 787 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Orzu layneri” qaysi yoʻnalishlarga uchadi?
Bu Amerikaning Boeing Co kompaniyasi va Oʻzbekistonning "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi qoʻshma loyihasidir.

2007—2008 yillarda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Boeing bilan jami 645 million dollarlik toʻrtta Boeing-767-300ER va ikkita Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan. 2014 yilning iyulida Boeing-767-300ER’ni yetkazib berish boʻyicha shartnoma amalga oshirilgan. Ikkita 787-800 Dreamliner esa 2016 yil uchinchi choragida yetkazib berilishiga kelishilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala