Babayan va uning jamoasi yoxud koreyaliklarni qanday yengish kerak

Obuna bo‘lish
Futbol blogeri Yevdokim Raimov muhim saralash uchrashuvi oldidan o‘zbek futbolchilari koreyaliklarni qanday qilib to‘xtatishlari mumkinligi haqida mulohaza yuritadi

Sports.ru saytidagi "Uzbekskaya kuxnya" (O‘zbek oshxonasi) blogi muallifi Yevdokim Raimov Sputnik uchun maxsus

Dohada Rossiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetgach, muxlislar "oq bo‘rilar" deb ataydigan O‘zbekiston terma jamoasi rossiyaliklarni 1:0 hisobida yenga olardi, degan jiddiy xulosaga keldim. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladimi, rasmiy o‘yinmi, ahamiyati yo‘q.

Lekin Rossiya va O‘zbekiston termalarining yo‘llari butkul boshqa-boshqa.

Kichik hisobdagi bu g‘alabalar endi hayratga solmasligi lozim. O‘zbekiston termasi qo‘lidan kelganicha o‘ynamoqda va uni boshqasi emas, aynan mana shu murabbiy boshqarmoqda. O‘zbekiston jurnalistlar ommasi terma jamoa atrofida ko‘p mulohaza yuritishi tushunarli. Zero milliy terma jamoa taqdiriga hech kim befarq emas.

Iordaniya bilan bo‘lgan bahs jamoa tarkibi borasida katta kashfiyot bo‘ldi. Birinchi ko‘zga tashlangan narsa – bu maydonda Rossiyaning "Orenburg" jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afoninning maydonda paydo bo‘lishi bo‘ldi. Uni anchadan buyon O‘zbekiston termasiga mo‘ljallashayotgandi. Afonin terma jamoada oxirgi marta o‘ynaganiga ham ancha bo‘lgandi. Agarda o‘tgan yili Milliy futbol ligasida (MFL — Rossiyadagi oliy ligadan keyin turadigan ikkinchi futbol ligasi — tah.) to‘p surgan Afonin terma jamoa skautlari nazariga tushmagan bo‘lsa, bu yil unga tez-tez e’tibor qaratildi. "Orenburg"ning o‘yinlarini esa o‘zbek ishqibozlari ham diqqat bilan kuzata boshlashdi.

Iordaniya bilan bahsda terma jamoaga chaqirilgan Vadim o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Himoyada faol qatnashdi, Odil Ahmedovga to‘p uzatib, gol hammuallifiga aylandi. Alohida qayd etish joizki, u Otabek Shukurov bilan juda yaxshi tandem hosil qildi, har ikki futbolchi ham himoya, ham hujumda bir-birlarini to‘ldirib turishdi.

Futbol. Penalti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek futboli yulduzlari – uyinchilar, murabbiylar, sudalar

Darvoqe, Shukurov, shu kuni termadagi eng kuchli uchrashuvlaridan birini o‘tkazdi. Kamchiliklar ham yetralicha bo‘ldi. Masalan, tayanch zonasi bir lahzaga parokandalikka yuz tutdi, himoyachilar esa iordaniyaliklar hujumini ochiqchasiga o‘tkazib yuborishlari oqibatida gol urildi. Yaxshiyamki, hakam "o‘yindan tashqari holat"ni qayd etdi.

Kuni kecha Janubiy Koreya bilan o‘yinni yarim himoyachi Aziz Haydarov o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Samvel Babayan oldida bir nechta variantlar bor. Ular orasida eng yaxshisi —Ahmedov—Afonin juftligi, lekin bu tandem hujum salohiyatini sezilarli ravishda tushirib yuborishini hisobga olish lozim, zero jamoada Ahmedovdan ko‘ra ijodkorroq boshqa yarim himoyachi yo‘q. Mazkur holatda Otabek Shukurov eng yaxshi nomzod bo‘ladi, Ahmedov esa o‘z navbatida oldinroqda o‘ynaydi. Albatta, Afonin—Shukurov juftligining birga to‘p surmaganligi ko‘zga yaqqol ko‘rinadi, buning ustiga ravib ham allaqanday Malayziya emas. Ammo Shukurov tobora ochilib borayotganini inobatga olish kerak, so‘nggi bahsda esa u jarima va burchak zarbalarini ham amalga oshirdi.

Agarda barcha tayanch yarim himoyachilarini tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, Afonin raqib hujumini buzishda juda foydali ekanligini qayd etish joiz. U buni MFLda muvaffaqiyatli uddaladi (o‘tgan mavsumda liganing eng yaxshi yarim himoyachisi deb e’tirof etildi) va Rossiya futbol premyer-ligasida (RFPL) ham qoyilmaqom amalga oshirmoqda. Buni joriy mavsumdagi qoida buzishlar statistikasi ham tasdiqlaydi. Odatda shved Pontus Vernblum hamda rostovlik Kalachev va Gaskanlar Rossiya futbolining suyaksindirarlari deb hisoblanishardi. Biroq bu yil hammasi bir oz o‘zgardi. RFPL "Spartak"ning braziliyalik o‘yinchisi Fernando va… Vadim Afonin eng ko‘p qoida buzishgan.

"Orenburg"ga kuchli raqibga qarshi ikkinchi raqamda o‘ynay oladigan Robert Yevdokimov murabbiylik qiladi, uning jamoalarining ("Orenburg" ham, KamAZ ham) qaysarligi esa shu darajadaki, RFPLga texnika emas, kuch evaziga to‘p suradigan jamoa qayerdan kelib qolganligini tushunmay ham qolasan. Xullas, tan olish lozim: Afonin barqaror o‘ynolmaydigan Musayev va tajribasiz Sohibovlardan ko‘ra yaxshi variant. Shukurovga esa Rossiyadagi agentlik kontorasi tomonidan qiziqish bildirilmoqda va u tez orada Eldor Shomurodov ortidan birorta Yevropa chempionatiga o‘tib ketishi mumkin.

Himoya ham ma’lum xavotir uyg‘otdi, lekin qayd etish kerakki, Samvel Babayan Iordaniya bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘z ustuvorliklarini aniqlab bo‘ldi. Islom To‘xtaxo‘jayev asosiyda o‘ynamaydi. Markaziy yarim himoyachilar Krimes—Ismoilov juftligi sog‘lom holatda, o‘ng qanotda esa Davron Hoshimov ishonchli to‘p suradi. Agarda biror g‘ayritabiiy hodisa yuz bermasa, maydonga Denisov—Krimes—Ismoilov—Hoshimov chiqadi.

O‘zbekiston futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
Internetda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi tanlanadi

Hujumchilar alohida e’tiborga molik. So‘nggi paytda Aleksandr Geynrix ikkinchi taymda qutqaruvchi gollar urmoqda. Lekin Geynrix bo‘lmasa va jamoa ortda borayotgan bo‘lsa nima bo‘ladi? Igor Sergeyev keskin hujumlarni amalga oshirishi, faol qanotlar esa unga yordam berishi tushunarli. Haqiqatda esa hammasi bir oz boshqacha kechadi. Sergeyev ham doim ham raqiblar himoyasini sarosimada ushlab tura olmaydi, lekin to‘psiz ham juda yaxshi o‘ynaydi va kerakli vaziyatni kuta oladi hamda sheriklarining to‘p uzatishlariga shay turadi. Sergeyev iordaniyaliklar darvozasiga gol urib o‘zining termadagi "quruq" seriyasiga va ishqibozlarning hazillari qahramoni bo‘lishiga chek qo‘ydi. Raqib jamoasi eng optimal tarkib bo‘lmasa-da, Sergeyevga Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda oson bo‘lmaydi, lekin bu shunday onlarki, birgina muvaffaqiyatli uchrashuvlar orqali keyingi yarim yildagi muvaffaqiyatsizliklarni yuvib yuborish mumkin.

Koreyaliklar juda yuqori texnikali va kuchli, ularning ko‘p o‘yinchilari tezkor o‘yin o‘ynaladigan Yevropa chempionatlarida qatnashadilarki, bunday o‘yinlarni O‘zbekistonning uch nafar futbolchisi qatnashadigan RFPLda ham kam ko‘ramiz. Yana bir bor mana shunday deb yozaman deb o‘ylamayman, lekin yozaman. Seshanba kuni jamoa o‘zining odatiy futbolini namoyish etishi kerak. Sermahsul emas, lekin ochko keltiradigan. Hozirgi o‘yinchilar bilan buni uddalasa bo‘ladi- buni hamma juda yaxshi tushunib turibdi. Mazkur holatda qo‘rqmasdan uch ochko uchun harakat qilish kerak, durang uchun emas.

Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Samvel Babayan: Milliy terma jamoa tarkibini murabbiylar shtabi aniqlaydi

Raqib murabbiyi Uli Shtilike "O‘zbekistonning o‘yini o‘zgarmas ekanligiga" ishonsa ishonaversin. Fakt faktligicha qoladi — hozir va nihoyat koreyaliklarni yengish uchun eng qulay fursat. Mezbonlarning bir nechta yetakchi o‘yinchilari bo‘lmaydi, murabbiy o‘ziga juda ishonyapti, jadvalda esa Koreya anchadan buyon ilk marta O‘zbekistondan pastda turibdi.

Aytgancha, ko‘pchilik butunlay unutib qo‘ygan: Samvel Babayanning — murabbiyning vazifasi maqsadga erishish. Har qanday qonuniy yo‘l bilan.

Va O‘zbekiston termasi raqiblarini yigirma yetti marta 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratmaydimi, bunisi muhim emas. Samvel Babayanga — murabbiyga natija kerak, o‘yin sifati emas. Shunisi aniqki, agarda natija bo‘lmasa, uning aslida murabbiy ham emas, menejer ekanligini yodga olib boshqalarga nisbatan ko‘proq tanqid qilishadi.

Yashirmayman, aksariyat muxlislarning bosh murabbiyga beradigan savollari bor. Muhim qarorlar chiqarishda "Paxtakor"ga yon bosish, jamoa sardori va asosiy darvozabonining o‘zgarishi, zerikarli futbol va uning intervyularda aytgan so‘zlarining amaldagi harakatlariga  mos kelmasligi. Lekin ayting-chi, agarda u bo‘lmasa kim?

Muallifning fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0