Mirziyoyev Jeenbekovni Qirg‘iziston bosh vazirligiga tayinlangani bilan tabrikladi

© © Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevSooronbay Jeenbekov
Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini qayd etdi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar berdi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

"Sizning Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlanganligingiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul eting. Ishonch bildiramanki, sizning mazkur yuksak lavozimdagi faoliyatingiz ko‘p asrlik an’anaviy do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat asosida shakllangan o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarining yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga bundan buyon ham hissa qo‘shadi", — deyiladi tabrik maktubida.

V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Do‘stona javob tashrifi: O‘zbekiston delegatsiyasi O‘sh shahrida

Bosh vazir o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini qayd etgan, Qirg‘iziston delegatsiyasining Andijonga va O‘zbekiston vakillarining O‘shga tashriflari buning yorqin namunasidir.

"Shu bilan birga o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralarining o‘tish chizig‘ini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish bo‘yicha samarali muloqot jarayoni ham ulkan ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi",- deyiladi maktubda.

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovga mustahkam sog‘liq, farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, fayz-baraka va ulkan rivoj tilagan.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 11-noyabr kuni Jeenbekovning bosh vazir etib tayinlanishi haqidagi farmonga imzo chekdi.

Yangiliklar lentasi
0