Jamiyat

SHHTning "yoshlar plastik kartasi" 2017 yilda ishga tushadi

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishBankomat
Bankomat - Sputnik Oʻzbekiston
Loyiha uch unsurni: internet-portal, mobil ilova va plastik kartani oʻz ichiga oladi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. SHHTning "yoshlar kartasi" 2017 yilda amalga kiritilishi rejalashtirilgan, dedi Rossiya davlat dumasi iqtisodiy siyosat boʻyicha raisi oʻrinbosari, SHHT yoshlar kengashi raisi Denis Kravchenko.

"Loyiha keng imkoniyatlarga ega boʻlib, davlatlararo miqyosdagi milliy innovatsion mahsulot maqomiga daʼvogarlik qiladi", — dedi Kravchenko Moskvada boʻlib oʻtgan davra stolida.

SHHT davlatlari yosh liderlari forumida Xalqaro yoshlar axborot agentligi taqdimoti oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
SHHT hududida talabalarning energetik biznes-inkubatori tashkil etiladi

"Jahon moliyaviy-iqtisodiy iqlimi bilan bogʻliq murakkabliklarga qaramasdan, biz SHHT “yoshlar kartasi”ni amalga kiritish yoʻlida harakat olib bormoqdamiz. Bizningcha, bu yoshlarning SHHT makonida erkin harakatlanishlarini taʼminlaydigan muhim loyihadir", — dedi u.

Uning aytishicha, loyiha uch unsurni: internet-portal, mobil ilova va plastik kartani oʻz ichiga oladi.

2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi. 2015 yilda SHHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni ishga tushgan. Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader