Analitika

Yevseyev: Mirziyoyev Oʻzbekiston va Tojikiston aloqalarini "jonlantirdi"

© SputnikVladimir Yevseyev
Vladimir Yevseyev - Sputnik Oʻzbekiston
Respublikalar oʻrtasidagi munosabatlar chindan ham iliqlashgan, bu - bir yoʻla qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga umid beradi

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik, Ruben Garsiya. Toshkent va Dushanbening oʻzaro manfaatlari Rogʻun GESi, avia parvozlar va temir yoʻl aloqalari tiklanishidagina tutashgani yoʻq. Misol uchun xavfsizlik va chegara oldi savdo masalalari ham davlatlararo uchrashuvlar oʻtkazilishi uchun sabab boʻla oladi", — deya fikr bildirgan Sputnik Tojikiston nashriga MDH davlatlari instituti rahbari oʻrinbosari Vladimir Yevseyev.

Yuk tashuvchi vagonlar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Tojikiston orqali poyezdlar qatnovini ishga tushirishi mumkin
"Hozirda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Ilgarilari buning iloji yoʻq edi, chunki Islom Karimovning qattiqqoʻllik ila olib borgan siyosati oqibatida, hatto chegaralarni minalashtirishgacha borib yetgan edi. Ayni vaqtda munosabatlar iliqlashgan ammo Mirziyoyev oʻzaro hamkorlik masalalarida qanchalik uzoqqa borishi hozircha nomaʼlum. Holat shundayki, Oʻzbekistonda — tojiklar, Tojikistonda — oʻzbeklar istiqomat qiladi. Hozir ular uchun chegarani kesib oʻtish oson boʻlib qoldi. Qoʻshimcha chegara postlari ochila boshladi, chegara oldi savdosi jonlandi", — deb taʼkidladi nashrga Yevseyev.

Siyosatshunosning fikricha, chegara oldidagi savdo-sotiqqa ikki tomondan minglab odamlar jalb qilingan va bu holat oʻzaro munosabatlar yaxshilashishi uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishi mumkin. "Ammo xavfsizlik va terrorchilikka qarshi masalalarda ikki davlat ham muloyim ehtiyotkorlikni namoyon etishi, hatto, Rossiya vositachiligidan foydalanishi mumkin", — deya qoʻshimcha qiladi ekspert.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi
"Har holda, xavfsizlik masalalarida hamkorlik toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki Rossiya orqali olib borilishi ehtimolga ancha yaqin. Axir radikallarni jilovlab turishda ham ikki davlatning pozitsiyasi turlicha. Oʻzbekiston — Afgʻoniston bilan unchalik katta boʻlmagan chegaraga ega, bundan tashqari, u oʻzbek diasporasini toʻliq nazoratda ushlab turadi. Oʻzbekiston oʻz kuchli maxsus xizmatiga va radikal islomchilar uchun qurilgan maxsus qamoqxonalariga ega. Tojikiston esa — yoʻq. Toshkent oʻzini regiondagi muhim oʻyinchi deb biladi va Tojikistonni terrochilik uchun tranzit-koridor deb biladi. Bularning barchasi hamkorlik davom etishini nazarda tutadi, albatta. Ammo janob Mirziyoyev Karimovning pozitsiyasiga qaytadimi-yoʻqmi oldindan taxmin qilib boʻlmaydi", — deya oʻz fikrini yakunlagan Yevseyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala