Siyosat

Oʻzbekistonda prokuratura organlari kasb bayrami belgilanadi

© Flickr / Rae AllenOdil sudlov maʼbudasi Femida
Odil sudlov maʼbudasi Femida - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlis deputatlari "Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Imzo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev yangi Farmonni imzoladi
Xabarga koʻra, 6 dekabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtgan.

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik subektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqqanlar.

"Ilgari parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraktsiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.

Parlament vakillari oʻz ishlarini "Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshladilar. Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala