Rossiya

Putin: Rossiyaning Yaponiya bilan hududiy muammolari yoʻq

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik Oʻzbekiston
"Bizning Yaponiya bilan hududiy muammolarimiz yoʻq. Hududiy muammolarimiz bor, degan gap Yaponiyadan chiqyapti, biz esa bu muammoni muhokama qilishga tayyormiz", - deb taʼkidladi Vladimir Putin

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Moskvaning Tokio bilan hududiy muammolari yoʻq, deb bayonot qildi seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaning Nippon TV televideniyesiga bergan intervyusida.

Yaponiya, Miyadzima oroli - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda
"Bizning Yaponiya bilan hududiy muammolarimiz yoʻq. Hududiy muammolarimiz bor, degan gap Yaponiyadan chiqyapti, biz esa bu muammoni muhokama qilishga tayyormiz", — deb taʼkidladi Vladimir Putin.

Putin, shuningdek, Moskva va Yaponiya oʻrtasida tinchlik shartnomasining yoʻqligini "tarixdan qolgan anaxronizm" deb hisoblashini taʼkidladi. Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, 1956 yilda, yaʼni mamlakatlar oʻrtasida diplomatik aloqalar qayta tiklangan davrda, Moskva va Tokio oʻrtasida munosabatlar qurilishi uchun zarur boʻlgan bosh asosning oʻzi boʻlmagan.

Rossiya yetakchisi mamlakatlar oʻrtasida "ishonch, doʻstlik va hamkorlik muhitini" yaratishga chaqirdi. Putinga koʻra, gap bu yerda nafaqat savdo-iqtisodiy, balki xalqaro xavfsizlikni taʼminlash borasida hamkorlik masalalari haqida ham bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15-16 dekabrga moʻljallangan. Rossiya prezidentini Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening ajdodlariga qarashli Yamaguti prefekturasida mehmonga kutishyapti. Tomonlar oʻnlab hujjatlarni imzolashlari kutilmoqda.

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya - ASEAN sammiti yakuni boʻyicha oʻtkazilgan matbuot-anjumanida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yoʻq

Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning toʻliq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.

Yaponiya va Rossiya oʻrtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri davom etadi — urush yakunlariga koʻra, Kuril orollari butunligicha SSSR tarkibiga qoʻshib olingandi. Biroq Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari guruhiga Yaponiya muntazam ravishda daʼvo qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala