Dunyoda

Turkiyada yangi yil bayrami kunlari qator portlashlar sodir etilishi mumkin - AQSH elchixonasi

© REUTERS/Osman OrsalTurkiyada yuz bergan teraktdan keyingi holat
Turkiyada yuz bergan teraktdan keyingi holat - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH elchixonasi oʻz fuqarolariga jamoat joylardan uzoqroq yurishni, ayniqsa, chet elliklar toʻplanadigan hududlarga bormaslikni maslahat bermoqda

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. AQShning Turkiyadagi elchixonasi Yangi yil bayrami kunlarida oʻz fuqarolarini ogoh boʻlishga daʼvat qilib, xavfsizlik nuqtai-nazaridan ularni ommaviy tadbirlarga bormaslikka hamda jamoat joylaridan uzoqroq yurishga chaqirmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Qurollangan jangariar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Anqaradagi suiqasd uchun javobgarlikni Suriyadagi terrorchi guruh oʻz boʻyniga oldi
"AQSH diplomatik missiyasi sizlarga shuni eslatib oʻtadiki, ekstremistik guruhlar butun Turkiya boʻylab, shu jumladan, chet ellik fuqarolar koʻpincha toʻplanadigan hududlarga hujum uyushtirishda davom etmoqda. Shu bois, AQSH fuqarolarining ommaviy tadbirlar va yangi yil munosabati bilan uyushtiriladigan yigʻinlarda ishtiroki toʻgʻrisida qabul qilingan ushbu qarorni yodda tutishlaringiz lozim", — deyilgan AQSH elchixonasi rasmiy saytida.

Amerikaliklarga jamoat joylaridan uzoqroq yurish, ayniqsa, chet elliklar toʻplanadigan hududlarga bormaslik tavsiya etilgan.

Oxirgi ikki hafta davomida Turkiyada ikkita yirik terakt sodir etildi (Istanbul va Kayserida). Bu portlashlar uchun javobgarlikni "Qurdiston ozod lochinlari" radikal guruhi oʻz boʻyniga olgan. Minalashtirilgan avtomobillar portlashi oqibatida 58 kishi halok boʻlgan.

Dushanba kuni Anqarada "Rossiya Kaliningraddan to Kamchatkaga qadar sayyoh nigohida" fotokoʻrgazmasi ochilish marosimida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib oʻldirildi. Turkiya hukumati maʼlumotlariga koʻra, qotil — politsiya xodimi Mevlyut Mert Altintash — kuch ishlatish xodimlari tomonidan yoʻq qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala