Jamiyat

"Otalar coʻzi - aqlning koʻzi" koʻrsatuvi tiklanadi

© Flickr / mau_manuelaOʻzbekiston keksalari
Oʻzbekiston keksalari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" dasturini tiklash haqida soʻz borgan

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. "Oʻzbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" oʻz davrining eng mashhur koʻrsatuvlaridan biri edi. Har bir xonadon vakillari, hayotning turli sinovlari boshiga tushgan qahramonlar hayotidan soʻzlaguvchi ushbu koʻrsatuvni intiqlik bilan kutar edilar… Dastur koʻplab oilalarga oilaviy muammolarni hal etishda maslakdosh boʻlgan deyish mumkin. Ammo soʻnggi yillarda koʻrsatuv "Oʻzbekiston" teleradiokanali efirlaridan olib tashlangan edi.

Onaxonlar dam olishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning har bir shahrida "Nuroniylar maskani" bunyod etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" dasturini tiklash haqida soʻz borgan.

Ayni farmonda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Mahalla" telekanalida "Keksalar davrasida" doimiy rubrikasini tashkil etish hamda "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" telekoʻrsatuvini tayyorlash borasida ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Farmonga koʻra, "Oʻzbekiston" milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda "Mahalla" telekanalida yoshi kattalarga bagʻishlangan va har kuni namoyish qilinadigan "Keksalar davrasida" doimiy rubrikasini tashkil etishi, shuningdek "Mahalla" telekanalida har oyda "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" telekoʻrsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlash va namoyish etish belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston" teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgan "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" koʻrsatuvining tashkil etilganiga yarim asrdan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala