Jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 8 foizga oshirildi

Obuna bo‘lish
Ayni paytda aholisi 32 million nafarni tashkil etuvchi O‘zbekistonda 2,8 millionga yaqin pensioner istiqomat qiladi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 2017-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi, deb ma’lum qildi respublika davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yangi stavka "O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarori asosida o‘rnatilgan.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,5 foizdan 8 foizga oshirilgan.

O‘zbek pensioneri - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya yoshini belgilashda yangi tartib e’lon qilindi

Bunda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolingan.

Korxonalar, muassasa va tashkilotlarning majburiy sug‘urta badallari, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi asosiy daromadi hisoblanadi, deb yozadi RIA Novosti.

O‘zbekiston mehnat vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda aholisi 32 million nafarni tashkil etuvchi mamlakatda 2,8 millionga yaqin pensioner istiqomat qiladi. Yoshga doir va bolalikdan nogironlarga beriladigan pensiyalar oyiga 292940 so‘m (92 dollarga yaqin), zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan pensiyalar oyiga 179755 so‘m (56 dollarga yaqin)ni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0