Hodisalar

Toshkentda geroinfurushlar tarmogʻi fosh etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPanjara ortida
Panjara ortida - Sputnik Oʻzbekiston
Tergov davomida M.Golovizin va M.Toshmatovlar Toshkent viloyati hududida geroin sotish bilan shugʻullanganliklari aniqlandi

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari geroin savdosi bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydilar, deb maʼlum qildi manba Sputnik muxbiriga.

Maxsus operatsiya chogʻida xavfsizlik xizmati xodimlari Chirchiq shahrida yashovchi 35 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Maksim Zverevni qoʻlga olishdi.

"Zverev mijozga 1 gramm geroin sotayotganida qoʻlga olindi. U mazkur giyohvandlik moddasini Oʻzbekiston fuqarolari Mixail Golovizin va Muhammadxon Toshmatovlardan sotish maqsadida olganligini bildirdi. Tergov tadbirlari natijasida uyushgan jinoiy guruhning qolgan aʼzolari ham qoʻlga olindi", — dedi MXX vakili.

Oʻsha kuniyoq tezkor tadbir natijasida M.Golovizin va M.Toshmatov qoʻlga olindi. Ular ilgari giyohvand moddani noqonuniy saqlagani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi boʻyicha sudlanganligi maʼlum boʻldi.

Xaltalardagi afyun - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda giyohvand modda sotuvchi yirik guruh aʼzolari sudlandi

Tergov davomida M.Golovizin va M.Toshmatovlar Toshkent viloyati hududida geroin sotish bilan shugʻullanganliklari aniqlandi. Ular giyohvand moddalarni Toshkent shahrida yashovchi Aleksey ismli shaxsdan olishlari haqida koʻrgazma berishdi.

Qoʻshimcha tezkor tadbir chogʻida maxsus xizmat vakillari bu shaxsni ham 2 gramm geroin sotishga uringan vaqtida qoʻlga olishdi. U giyohvand modda sotgani uchun ilgari sudlangan 26 yoshli Aleksey Valuyev boʻlib chiqdi. Shuningdek uning sherigi qozogʻistonlik 36 yoshli Bahodur Boboyev ham qoʻlga olindi.

"Uyushgan guruh aʼzolarining koʻrgazmalari asosida tezkor xodimlar giyohvand moddani yetkazib beruvchi asosiy shaxs — Toshkentda roʻyxatdan oʻtmasdan yashayotgan 51 yoshli Qozogʻiston fuqarosi Elbrus Aliyevni qoʻlga olishdi. Uning yashash joyi koʻzdan kechirilganida 59,1 gramm geroin, 4,5 ming dollar va 18,7 million soʻm pul borligi aniqlandi", — dedi suhbatdosh.

Aliyevning iqror boʻlishicha, u giyohvand moddalarni Sirdaryo viloyatiga aylanma yoʻllar orqali keluvchi Tojikiston fuqarosidan olgan.

Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala