Analitika

GM Uzbekistan bozordagi soxta ehtiyot qismlardan ogohlantiradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishAvtokorxona payvandlash tsexi
Avtokorxona payvandlash tsexi - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan AJ sotuvdan keyingi xizmat direktsiyasi vakili Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga soxta ehtiyot qismlar turlari va ulardan foydalangan haydovchilar qanday tavakkalga qoʻl urayotganliklari haqida gapirib berdi

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugungi kunda avtomobil ehtiyot qismlari bozorida inson hayoti uchun xavfli boʻlgan jiddiy tahdid mavjud. Bu keyingi paytda bozorni shiddat bilan toʻldirayotgan soxta ehtiyot qismlar muammosidir. GM Uzbekistan AJ sotuvdan keyingi xizmat direktsiyasi vakili Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga soxta ehtiyot qismlar turlari va ulardan foydalangan haydovchilar qanday tavakkalga qoʻl urayotganliklari haqida gapirib berdi.

Hayot uchun xavfli

Ekspertning soʻzlariga koʻra, GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. U dilerlik markazlarini barcha ehtiyot qismlar bilan taʼminlaydi. Kompaniya mijozlar ehtiyojini qondirish maqsadida yiliga 120 ming dona kuzov detallari, jumladan yigʻilgan kuzovlar ishlab chiqaradi.

"Bozor xususiyatlarini inobatga olib mijozlar murojaatlarini oʻrganib chiqdik va koʻp muammolar bizning emas, ishlab chiqaruvchisi nomaʼlum boʻlgan xorijdan keltirilgan soxta ehtiyot qismlar tufayli paydo boʻlayotganini aniqladik. Tabiiyki, bunday ehtiyot qismlar sifat talabiga javob beradi va haydovchi xavfsizligiga tahdid soladi. Odatda soxta detallar ancha arzon narxda sotiladi. Sotuvchilar shu orqali xaridorni chalgʻitadilar. Narxdagi tafovutga uchgan xaridor vijdonsiz soxta mahsulot ishlab chiqaruvchilarning qurboniga aylanadilar", — dedi suhbatdosh.

Avtomobili uchun arzon soxta ehtiyot qismni tanlagan xaridor oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyadi, deb ogohlantiradi mutaxassis. Bundan tashqari, uning yaqinlari ham xavfdan xoli boʻlishmaydi. Shuning uchun kompaniya oʻz xaridorlari haqida qaygʻuradi va shubhali ishlab chiqaruvchilarning soxta ehtiyot qismlari bilan bogʻliq xavflardan ogohlantirishni oʻz burchi deb biladi.

Xasis ikki marta toʻlaydi

Mutaxassis soxta ehtiyot qismlarni sotib olgan xaridor aslida koʻproqqa tushishini taʼkidladi. Pul tejayman deb sifatdan voz kechish aslo mumkin emas.

Masalan, bugungi kunda haqiqiy kapotning oʻrtacha narxi dilerlik markazlarida 800 ming soʻm turadi. Respublika avtobozorlarida uning soxtasini (xaridor ularni farqlay olmaydi, lekin mutaxassis bir qarashdayoq uning sifatsizligini biladi) 650 ming soʻmga sotib olish mumkin.

© GM UzbekistanChapda GM Uzbekistan detali, oʻngda nomaʼlum ishlab chiqaruvchi detali
Detali proizvodstva GM Uzbekistan s sravnenii s detalyami drugogo proizvoditelya - Sputnik Oʻzbekiston
Chapda GM Uzbekistan detali, oʻngda nomaʼlum ishlab chiqaruvchi detali

"Biz sinash uchun bir nechta soxta ehtiyot qismlarni olib koʻrdik. Kuzov detallarini oʻrnatayotganda servisdagi ustalarimiz oʻlchamini keltirish va ochiq joylar qolmasligi uchun uni oʻrnatishayotganida ancha ter toʻkishdi. Bundan tashqari, uni boʻyash chogʻida ham qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bunga metalning va uning sirtidagi qoplamaning sifatsizligi sabab boʻldi. Xaridor ustaning qoʻshimcha ishlari uchun haq toʻlashiga toʻgʻri keladi. Dastlab narxlardagi sezilarli boʻlib koʻringan farq shu bilan yoʻqqa chiqadi", — dedi direktsiya vakili.

Uning fikricha, narxdagi tafovutga aynan sifatni pasaytirish orqali erishiladi. GM Uzbekistanning original kuzov ehtiyot qismlari GM World jahon standarti talabiga javob beruvchi chirimaydigan metaldan tayyorlanadi. Respublikaga olib kirilayotgan soxta kuzov detallari esa mutlaqo nomaʼlum texnologiya asosida arzon xomashyodan tayyorlanadi. Mamlakatga soxta mahsulot olib kiruvchilar xaridor hayotini xavf ostiga qoʻymoqdalar.

Sifatiga javob beramiz

Ekspertning bildirishicha, sifatni nazorat qilish GMning barcha kompaniyalari uchun bir asrdan buyon davom etib kelmoqda. Masalan, kuzov ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metall sifati xomashyo sotib olinayotgan paytdayoq tekshiruvdan oʻtadi. Oʻzbekiston avtomobil zavodi mashinalari zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlanadi.

RAVON brendi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
GM Uzbekistan Belorussiyada Ravonni namoyish etdi

"Metall yetkazib beruvchilar GMning yuqori talabi doirasidagi meʼyorlarga amal qilishadi. Zavoddagi har bir ishlab chiqarish bosqichi sifat nazoratidan oʻtadi. Agarda biror yetkazib beruvchi tomonidan sifat borasida nuqsonga yoʻl qoʻysa, u bilan hamkorlik toʻxtatilgani haqidagi axborot kompaniyaning barcha korxonalariga tarqatiladi. GM Uzbekistan har uch yilda kompaniya standartlari boʻyicha tashqi auditdan oʻtadi va uning natijasiga koʻra xalqaro sifat sertifikati beriladi", — deydi mutaxassis.

Sifatni nazorat qilishning ichki jarayonlari ham ishlab chiqarishning har bir bosqichida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Kuzov panellarini ishlab chiqarishda payvandlash va germetizatsiyaga alohida ahamiyat beriladi. Maxsus laboratoriyalarda ishlab chiqarish jarayonida istalgan detal konveyerdan olinadi va sifat tekshiruvidan oʻtkaziladi. Kuzov yuzasiga qoplama surtish bosqichi ham nazorat ostida boʻladi. Bularning bari avtomobilning tashqi taʼsir va chirishdan saqlanishini taʼminlaydi. Barcha jarayonlar GM Uzbekistan korxonalarida amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan detallari
Detali proizvodstva GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan detallari

"Payvandlash chogʻida sifat nazorati laboratoriyasi vakillari istalgan detalni, masalan, kapotni olishlari va uning tashqi taʼsirga chidamliligini tekshirib koʻrishlari mumkin. Har bir kuzov detali mana shunday tekshiruvdan oʻtadi va tekshiruv natijasiga koʻra keyingi jarayonga oʻtiladi", — deydi u.

Xulosa oʻrnida

Tashqi bozorga ham ana shunday sifatli ehtiyot qismlar chiqariladi. Kompaniya oʻz rasmiy dilerlik tarmogʻi orqali xorijdagi isteʼmolchilar ehtiyojini muntazam ravishda qondirib keladi. Bunda dilerlik tarmoqlariga birorta nuqsonli ehtiyot qism yetkazilishi ehtimoli mutlaqo mavjud emas.

"oʻylab koʻring. Sogʻligimiz haqida gap ketganida biz soxta yoki arzon dori sotib olib davolanish haqida oʻylamaymiz. Hayot masalasi ekanligini anglaganimiz uchun eng yaxshi shifokorni qidiramiz, sifatli dori uchun qancha pul boʻlsa toʻlashga tayyor turamiz. Avtomobil bila nham xuddi shunday. Sizning avtotransportingiz hayotingiz va sogʻligingiz bilan bevosita bogʻliq. Buning ustiga unda farzandlaringiz, yaqinlaringiz va qarindoshlaringizni ham manzilga eltasiz. Bir marta arzon ehtiyot qism sotib olish istagi oxir-oqibat sezilarli moddiy va ruhiy yoʻqotishlarga sababchi boʻlishi mumkin", — deydi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala